TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2785 4.88K
U uni asabiylashtirardi...

Ingliz, rus yoki boshqa bir slavyan tilidan oʻzbek tiliga matn tarjima qilganda yosh tarjimonlarda koʻp uchraydigan xatolardan biri asl tilda rod bilan (he/she, on/ona, il/elle) ifodalangan olmoshlarning hammasini u deb tarjima qilishdir. Grammatik jihatdan hech qanday xato yoʻq, lekin oʻzbek kitobxoni oʻqiganda tushunmovchilik boʻladi.

He irritated her/ On razdrajal yeyo degan gapni oʻqiganimizda oʻgʻil bola/erkak kishi qizning/ayolning asabiga tekkanini tushunamiz, lekin oʻzbek tiliga U uni asabiylashtirardi deb tarjima qilsak, kim kimning asabiga teggani uncha ochiqlanmaydi-da. Bunday oʻrinlarda oʻsha qahramonlarning ismini, agar ismi hali nomaʼlum boʻlsa, jinsini koʻrsatib ketganimiz maʼqulroq boʻladi. Masalan, Yigit Letitsiyani asabiylashtirardi yoki hech boʻlmaganda U qizni asabiylashtirardi kabi.

Shoshmasang-chi sahifasidan

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 49
  • 💯 7
  • 🔥 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →