TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2638 5.28K
“Nuktadon” nima degani?

Garchi bu soʻz tilimizda faol qoʻllanmasa-da, unga badiiy adabiyotlarda bot-bot duch kelamiz. Nuktadon shoir, nuktadon olim kabi iboralar esa turli maqolalar, adabiy tadqiqotlarda uchraydi.

Bu soʻz asli arabcha va forscha soʻzlar birikuvidan hosil boʻlgan. Arabcha nukta asliyatda oʻtkir, donolik bilan aytilgan gap; qochirim; tub maʼno, mohiyat; nozik tafsilot, ikir-chikir kabi maʼnolarni anglatsa, forscha don esa biluvchi, bilagʻon maʼnosiga ega. Tilimizda faol ishlatiladigan dono soʻzi ana shu oʻzakdan.

Nuktadon oʻzbekchada masalaning tub mohiyatini, nozik, mayda-chuyda tafsilotlarini yaxshi biladigan, oʻtkir fikrlovchi kishiga nisbatan ishlatiladi.

Uni baʼzan nuqtadon shaklida ishlatish ham uchraydi. Lekin bu xato.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Dorilamon” nima degani?
🔹 “Taqsir” soʻzi haqida

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 48
  • 🔥 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →