TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1818 4.5K
“Dorilamon” nima degani?

Dorilamon
soʻzi arabchadan kirgan, asliyatda osoyishtalik uyi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbekchada tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalikni bildiradi:

Samarqandda inqilob boʻlganmish. Dorilamon deyishadi, shu rostmi?
Sh. Toshmatov, Erk qushi.

Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol.
H. Xudoyberdiyeva, Dorilomon kunlar keldi...

Etimologik lugʻat soʻzning maʼnosi va qoʻllanishiga boshqacharoq yondashgan: “oʻzbek tilida bu soʻz xavfsiz, osoyishta maʼnosini anglatadi. Yaʼni sifat. Izohli lugʻatda bu soʻzning ikkinchi boʻgʻinidagi unli i deb notoʻgʻri yozilgan, maʼnosi ham ot sifatida taʼriflangan”.

Keyingi nashrlarda u li variant ham izohli lugʻatga kiritilgan: dorulamon.

📌 Demak:

Dorilamon, dorulamon ✅
Dorilomon, dorulomon ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 8
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →