TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2633 6.16K
Yomonga oʻzining yomonligi kifoya

Bir shohning ikki vaziri bor edi. Biri aql-farosati, toʻgʻrisoʻzligi bilan eʼtiborga tushgan, podsho koʻp masalalarda undan maslahat olar edi. Bu vazir birovga yomonligi yoʻqligi bilan ajralib turar, uning “Yaxshi odamga yaxshi munosabatda boʻling, yomonga oʻzining yomonligi yetadi” degan gapi el orasida mashhur boʻlib ketgan edi.

Narigi vazir esa uning saroydagi mavqeyi va odamlar orasidagi obroʻ-eʼtiboriga hasad qilardi. Kunlarning birida hasadchi vazir podshoning qabuliga kirib, dedi: «O, podshoyi olam! Sevimli vaziringiz: “Shohimizning ogʻzidan yoqimsiz hid keladi”, deb aytdi». Hukmdor sevimli vaziriga alohida mehr qoʻygandi, shu sababli bu vazirning soʻzlariga ishonmadi. Hasadchi esa shohning shunday munosabat koʻrsatishini hisobga olib qoʻygandi: “Uni huzuringizga chaqiring, sizga yaqinlashgan payti qoʻlini burniga olib boradi, shunda men bu gaplarni bekorga aytmaganimga amin boʻlasiz”, dedi u.

Hukmdor bosiqlik bilan buyurdi: “Yaxshi, uni chaqirib kel-chi”. Ichiqora vazir raqobatchisini ziyofatga taklif etdi va ovqatga juda koʻp sarimsoq qoʻshdi. Yemaganiga qoʻymadi. Tushlik tugagan zahoti birinchi vazirga uni podsho yoʻqlayotgani, zudlik bilan borishi kerakligi aytildi. U ilojsiz qoldi va saroyga yoʻl oldi.

Podsho uning salomiga alik oldi-da: “Qani, menga yaqinroq oʻtir-chi”, deb buyurdi. Vazir hukmdorga yaqin kelgan zahoti sarimoq hidi bilinmasin deb qoʻllari bilan ogʻzini yopdi. “Ha, narigi vazirim toʻgʻri gapirgan ekan”, deb oʻyladi shoh. Soʻng bir qogʻozga maktub yozdi-da, uni eltib berishni vazirga topshirdi. Podsho kimnidir mukofotlashni istasagina oʻz qoʻllari bilan xat yozardi. Voqealar nima bilan tugashini intiq kutib turgan hasadchi vazirning hafsalasi pir boʻldi. “Bu yaramas qutulib qolibdi-da, uning ustiga mukofot ham olibdi”, deb oʻyladi va raqibidan xatni unga berishini iltimos qildi. Bagʻrikeng vazir uning iltimosini qabul qildi va qayerga, kimga eltib berishi kerakligini tushuntirdi.

Lekin xatda hech qanaqa mukofot haqida gap yoʻq edi. Unda “Bu xatni olib borgan kishining boshini tanasidan judo qiling!” deb yozilgan edi.

Birinchi vazirining saroyga sogʻ-omon kirib kelganini koʻrgan podsho bunda bir sir borligini angladi. Vazir unga boʻlgan voqealarni aytib bergach, “Sen haq ekansan. Yomonga oʻzining yomonligi yetarli ekan”, dedi va donishmand vaziriga boʻlgan mehri yana bir karra ortdi.

Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq? ​ Musahhih va muharrirlarni oʻylantiradigan, chalkashtiradigan holatlardan biri – esa soʻzidan keyin vergul qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasi. Chunki u baʼzida vergul talab qiladi, baʼzida esa – yoʻq. Xoʻsh, qachon vergul qoʻyiladi?…
  • 👍 56
  • 😁 12
  • 🔥 6
  • 😱 2
  • 😢 2
  • 🤨 1
More from @oriftolib
  1. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  2. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
  3. Sep 30, 2026Kambagʻalning tuni qisqa. — Digor xalq maqoli @oriftolib | Sahifalarimiz
  4. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  5. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  6. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →