TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1075 3.58K
Qani: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Qani soʻzidan keyin bir holatda – soʻz eʼtiborni jalb etish, undash, daʼvat maʼnolarini bildirganda vergul ishlatiladi.

Soʻroq olmoshi boʻlib kelganda yoki istak-xohish maʼnosiga alohida taʼkid, urgʻu berganda vergul kerak emas.

Izohli lugʻatda istak-xohishni taʼkidlovchi qani endi iborasidan keyin vergul ishlatilibdi. Bu soʻzning qaniydi shaklidagi maʼnodoshi ham bor, u koʻproq soʻzlashuv uslubiga tegishli. Ikkala ibora ham xohish maʼnosiga urgʻu beruvchi qani soʻzi bilan aynan bir xil maʼnoda qoʻllanadi. Shu sababli vergul qoʻyish kerak emas.

📌 Demak,

Qani oshga qarang. ❌
Qani, oshga qarang. ✅

Qani, yangi sotib olgan noutbuking? ❌
Qani yangi sotib olgan noutbuking? ✅

Qani, holatingni birov tushunsa... ❌
Qani holatingni birov tushunsa... ✅

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →