TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2628 5.88K
​​Bir kallaqand, uch soʻm pul: kallaqand nima?

“Arshin mololon” filmidagi bu ibora xalq orasida juda mashhur, yosh-u qariga birday tanish boʻlib ketgan. Iborani ishlatamiz-u, lekin undagi kallaqand soʻzining maʼnosiga u qadar eʼtibor beravermaymiz. Xoʻsh, u nimani anglatadi? Izohli lugʻatdan bu haqda maʼlumot chiqmadi. Vikipediya, milliy ensiklopediya va boshqa manbalardan topgan-tutganlarimni siz bilan baham koʻrmoqchiman.

Oldin qand asosan konus shaklida ishlab chiqarilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu usul haqida ilk bor IX asr arab olimi Zubayr ibn Bakkor qayd etgan. Bu turdagi qandlar Italiyada 1470-yildan, Belgiyada 1508-yildan, Angliyada 1544-yildan, Niderlandiyada 1566-yildan ishlab chiqarila boshlagan. Milliy ensiklopediyaga koʻra, hozirgi Oʻzbekiston hududida XX asr boshlariga qadar chetdan keltirilgan xomashyodan hunarmad-qandolatchilar aynan shunga oʻxshash qand ishlab chiqargan va u kallaqand deb atalgan. Kallaqandlar turli kattalikda boʻlgan va 5 kilodan 15 kilogacha tosh bosgan. Chakana savdoga boʻlaklarga boʻlingan holatda chiqarilgan.

Qumsimon shakar paydo boʻlgach, kallaqandlar savdo rastalarini asta-sekin tark etgan. Biroq baʼzi Yevropa mamlakatlari uni hozirgacha ishlab chiqaradi. Oʻznetda kallaqand sotilishi haqidagi bir eʼlonga koʻzim tushdi. Demak, bizda ham u haligacha ishlab chiqariladi, xaridorlari bor.

Bilib oldingiz-a? Kallaqand konus shaklidagi yirik qand va uning maydalangan boʻlaklaridir. Buni ayniqsa uylanish harakatida yurganlar bilib qoʻysa, zarar qilmaydi. Bitta mulla, uch soʻm pul topilgan paytda kallaqand topolmay yurmasin tagʻin 😉.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😁 40
  • 👍 36
  • 🤨 2
More from @oriftolib
  1. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  2. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  3. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  4. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  5. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  6. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →