TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1078 2.31K
#Soʻragan_edingiz

Ulgurji va chakana

Bu ikki soʻzni asosan oldi-sotdi bilan bogʻliq jumlalarda eshitamiz. Lekin boshqa maʼnolarda ham qoʻllanadi.

Ulgurji aslan turkiy soʻz. Oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Butun boricha; koʻp miqdorda; koʻtara – ulgurji savdo.

2️⃣ Katta miqdorda, katta summaga ega; salmoqdor – ulgurji hosil.

3️⃣ Boshdan oyoq, butunlay – uy ulgurji taʼmirdan chiqdi.

Chakana soʻzi esa forchadan olingan. Oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Donalab, maydalab yoki kichik toʻp bilan sotiladigan va sotib olinadigan – chakana savdo, chakana narx.

2️⃣ Unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan; arzimas, mayda-chuyda: harakati chakana emas.

3️⃣ Shevada mayda chorva mollari, qoʻy-echki va aholiga tegishli shunday mollarni boquvchi: chakana choʻpon chakana mol boqadi.

❗️ Chakana soʻzini shaxsga yoki uning sifatiga nisbatan ishlatganda ehtiyot boʻlish zarur. Maqtov maʼnosi anglashilishi yoki belgi-sifat kuchaytirib ifodalanishi uchun chakana soʻzi bogʻlangan feʼl boʻlishsiz shaklda ishlatilishi kerak. Masalan, chakana odam emas – eʼtiborga arzirli, kuch yoki obroʻ-eʼtiborga ega odam. Chakana odam esa arzimas ishlar bilan shugʻullanadigan, mayda feʼlli odam boʻlib qoladi. Yoki chakana urmadi – juda qattiq urdi, zarb bilan tushirdi, chakana urdi – yengil, arzimas zarb berdi. Aslida bu kabi iboralarni boʻlishli shaklda ishlatish uslubiy xatodir.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →