TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2410 4.54K
​Monitor, displey, ekran va tachskrin: farqi nimada?

Bu atamalarni sinonim sifatida ishlatish koʻp uchraydi. Aslida ular bir-biridan farq qiladi.

Monitor – vizual axborotni aks ettirishga xizmat qiluvchi elektron qurilma. U mustaqil ishlay oladi. Uni bir qurilmadan, masalan, kompyuterdan uzib, boshqa qurilmaga ulash mumkin.

Displey ham vizual axborotni aks ettiradi. Biroq u qurilmaning bir qismi xolos. Oʻzi mustaqil ishlamaydi. Alohida holatda qurilmaning detali sanaladi. Masalan, mobil qurilmalar, kalkulyatorlar, elektron soatlar, murakkab elektron dastgohlar displey bilan jihozlangan. Monitorlarda ham displey bor.

Ekran – vizual axborot aks etadigan hudud, sath. Kinoteatr sahnasidagi tasvir koʻrinadigan joy ham ekran sanaladi. Monitor va displey ham ekranga ega. Bunda tasvir hosil qilishda qatnashuvchi qoʻshimcha qism va jihozlar ekran sanalmaydi.

Tachskrin yoki sensorli ekran – teginish orqali axborot kiritishga xizmat qiluvchi qurilma. U monitor yoki displeyning teskarisi, qurilmadan maʼlumot chiqarishga emas, unga maʼlumot kiritishga xizmat qiladi. Baʼzi monitor va displeylar sensorli ekranga ega. Aytgancha, men sensor telefonlarni siypaloq deb atayman 😄. Balki, oʻzbekchada unga boshqa soddaroq ot topsa boʻlar.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 16
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Oct 16, 2026🧠 Bu haftaning “Ochiq muloqot soati” 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib,…
  2. Oct 15, 2026Dushga boshliq boʻlmang Dush qabul qilish iborasiga bot-bot duch kelamiz. Bu – ruscha прин…
  3. Oct 15, 2026“Noz-neʼmat”: ovqatda noz boʻladimi, nega bunday deymiz? “Ob-havo”, “noz-neʼmat”, “qoʻni-q…
  4. Oct 15, 2026Hayron qoladigan joyi yoʻq, odam koʻp narsani bilsa-yu, lekin bu unga aql bermasa, u dimog…
  5. Oct 15, 2026“Yanada toʻliq” nima degani? Rasmiy xabarlarda yanada toʻliq taʼminlash degan yangi ibora…
  6. Oct 14, 2026😀😀😀😀😀😀😀😀😀 ⚡️Rasman: Ustoz Izamovning ona tili va adabiyoti fanidan qishki milliy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →