TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2250 29.3K
​№ belgisi haqida

Ushbu belgi bizga rus tipografikasidan kirib kelgan. Tartib raqamini ifodalaydi.

Biror hujjatni oʻsha hujjatning oʻzida raqamlashda yoki matndan tashqarida, masalan, gazeta sonini koʻrsatishda qoʻllash oʻzbekcha uchun mantiqan toʻgʻri: № 3. Belgidan keyin boʻsh joy tashlash kerak.

❗️ Matn ichida bu belgini qoʻllashni ortiqcha deb hisoblayman:

№ 16-maktab ❌

Sababi:

1️⃣ Chiziqcha bilan -inchi maʼnosi anglashilyapti, u tartibni bildiradi. Demak, tartibni, raqamlashni bildiruvchi belgini yana bir bor qoʻllashga zarurat yoʻq.

2️⃣ Bu belgi rus tilida nomer soʻzi oʻrnida ishlatiladi va jumlani qisqartirishga xizmat qiladi, oʻzbek tilida unday emas.

3️⃣ Raqamli yoki sonli soʻzi oʻzbekchada sondan keyin keladi, rus yoki ingliz tilida sondan oldin: nomer 2, number 2, 2-sonli. Shkola №2, school number 2, 2-sonli maktab – 2-maktab.

Ushbu belgi oldin ingliz tilida ham ishlatilgan. Lekin hozir No. qisqartmasi qoʻllanadi. Qisqartmadan keyingi nuqta qoʻyilmasligi ham mumkin. AQSHda tartib raqamini ifodalash uchun panjara belgisi – # ishlatish urf boʻlgan. Nemislar Nr. shaklidan foydalanadi. Fransuz, ispan, italyan va portugal imlolarida boshqacha belgi va qisqartmalar ishlatiladi.

№ belgisi asosan texnik xarakterdagi matnlarda uchraydi.

📌 Demak:

14-maktab, 34-uy, viloyat hokimining 52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qarori ✅

№14-maktab, №34-uy, viloyat hokimining №52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining №355-sonli qarori ❌

Koʻpincha sonli soʻzini ishlatmasa ham boʻladi. Loʻnda ifodalaganga nima yetsin:

Viloyat hokimining 52-Q/22-qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-qarori ✅

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 33
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →