TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1050 44.6K
Bosh harf bilan yozilmaydi

Rasmiy hujjatlarda, yozishmalarda eng koʻp koʻzga tashlanadigan xatolardan biri qonun, qaror, farmon, farmoyish, buyruq kabi soʻzlarni bosh harf bilan yozish. Hatto “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorda ham qonun soʻzi gap ichida katta harf bilan yozilgan. Umuman, lex.uz dagi rasmiy hujjatlarga nazar tashlasangiz, yuqoridagi soʻzlar bir oʻrinda bosh harf, boshqa bir oʻrinda kichik harf yozilganiga guvoh boʻlasiz.

Xoʻsh, nega kichik harf bilan yozilishi kerak?

1️⃣ Imlo qoidalariga koʻra, bu soʻzlar bosh harf bilan yozilishi belgilanmagan.

2️⃣ Toʻgʻri, qaror yoki farmonlarni Prezident yoki davlatning oliy tashkilotlari rahbarlari tasdiqlaydi. Biroq hujjatning oʻzi oliy tashkilot yoki mansabni anglatmaydi.

Qachon bosh harf bilan yozish mumkin?

1️⃣ Sanalgan soʻzlarni jumla ichida bosh harf bilan yozishni bir holatdagina mantiqiy asoslasa boʻladi. Qaror misolida koʻrib chiqaylik. Oʻsha qarorning ichidagina, oldidagi sarlavha-izohni tashlab, ayni shu qarorni nazarda tutganda bosh harf bilan yozish mantiqli.

2️⃣ Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni boʻlgani uchun, garchi imlo qoidalarida alohida tartib koʻrsatilmagan boʻlsa-da, bosh harf bilan yozilishi kerak. Oliy bosh qonun nazarda tutilmagan holatlarda esa konstitutsiya soʻzi kichik harf bilan yoziladi.

🔎 Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Adliya vazirligi bu masalaga eʼtibor qaratib, uzil-kesil xulosa bersa, yaxshi boʻlardi. Til va imlo boʻyicha ishlaydigan universitet va institutlar, mutaxassislarning ham fikri juda muhim.

Qonunchilik bazasidagi imloni ham birxillashtirish kerak. Balki, imlo qoidalarining yangi tahririga aniq bir qoida ham kiritilar.

📌 Demak,

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ✅
Yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. ✅
Oʻzbekiston Respublikasining ... dagi 1-I-son qonuni ✅
Prezidentning “... toʻgʻrisida”gi farmoni ✅
Vazirlar Mahkamasining “... toʻgʻrisida”gi qarori ✅
Xalq taʼlimi vazirining “... toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ✅
Shahar hokimining “... toʻgʻrisida”gi farmoyishi ✅

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →