TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2232 5.03K
​Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq?

Bu belgi turli adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarida xato yozilganiga tez-tez guvoh boʻlish mumkin. Aslida qanday yozish kerak?

Gradus belgisi asosan burchak yoki haroratni ifodalash uchun ishlatiladi.

Agar shunchaki belgining oʻzi qoʻllangan boʻlsa, raqamdan keyin, hech qanday boʻsh joysiz yoziladi. Agar oʻlcham birligi ham koʻrsatilgan boʻlsa, raqamdan keyin bitta boʻsh joy tashalanadi. Raqam va birlik har xil satrga tushib qolmasligi uchun raqamdan keyin ajralmas probeldan foydalanish kerak:

7° burchak ✅
45° dan 90° gacha burchakda ✅
Harorat ertalab +20 °C edi, tushga borib +40° gacha koʻtarildi ✅
Iyul oyida maksimal harorat 47–49 °C ga yetdi ✅
10 gradusdan 20 gradusgacha iliq ✅
10–20 °C atrofida iliq. ✅

Gradus daraja soʻzi bilan ham ifodalanadi. Lekin maxsus adabiyotlarda gradus soʻzidan foydalanish kerak.

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Axborot miqdori oʻlchamlari
👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 16
More from @oriftolib
  1. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  2. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  3. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  4. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  5. Sep 18, 2026Post #4893
  6. Sep 18, 2026Bunisini eshitganmidinglar? Bunaqa gapni yana aytishning zarari yoʻq, menimcha. Bugungi lo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →