Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?
📌 Oʻlchamning raqamli qiymatlari diapazoni bir turdagi oʻlcham birliklarida ifodalangan boʻlsa, oʻlcham birligining belgisi diapazonning oxirgi raqamli qiymatidan keyin koʻrsatiladi. Maxsus belgilar koʻrinishidagi oʻlchamlar – °, ', '' har bir diapozon raqamli qiymatidan keyin qoʻyiladi.
Demak, oraliq qiymatni koʻrsatganda birlik harfli belgilar bilan ifodalansa, uni eng oxirida keltirish zarur. Birlik maxsus belgilar bilan ifodalanganda esa har bir qiymatdan soʻng yozilishi kerak:
1 dan 1000 g gacha ✅
1 g dan 1000 g gacha ❌
110 dan 380 V gacha ✅
110 V dan 380 V gacha ❌
45° dan 90° gacha ✅
45 dan 90° gacha ❌
1' dan 60' gacha ✅
1 dan 60' gacha❌
Boshlanishi va davomi:
👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Axborot miqdori oʻlchamlari
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1613
2.41K

- 👍 2