TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1595 4.24K
​Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?

2018-yil 10-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Unda oʻlcham birliklarining nomi qanday yozilishi belgilab berilgan. Koʻpchilik bu qarordan bexabar va shu sabab xatolarga yoʻl qoʻyadi.

Qarorda koʻrsatilishicha, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllanadi.

Hayotda eng koʻp duch keladigan oʻlcham birliklarini misollar bilan tushuntiraman:

Metr – m, santiment – cm, detsimetr – dm, kilogramm – kg, sekund – s, gektar – ha, tonna – t, sentner – q, litr – l, sutka – d, soat – h, minut – min, kilovatt-soat – kW·h.

Deylik, siz 1 soat soʻzini qisqartma shaklda bermoqchisiz. Uni 1 s yoki 1 s tarzida yozsangiz, xatoga yoʻl qoʻygan boʻlasiz. Toʻgʻrisi – 1 h. Yoki metrni olaylik. 1 metrni kirilcha imloda ham 1 m shaklida yozishingiz kerak, 1 m deb yozish xato.

❗️ Eʼtibor bering, sigʻim hajmining birligi litrni (harfli belgisi l – el) L belgisi bilan ham ifodalash mumkin.

Davomi:
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?
👉 Axborot miqdori oʻlchamlari

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  2. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  3. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
  4. Sep 27, 2026Turkiston muxtoriyati poytaxti nega Toshkent emas, Qoʻqon boʻlgan? 1917-yili tuzilgan Turk…
  5. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  6. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →