TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2189 6.36K
​Togʻgami yoki toqqa?

Imlo masalasida bahslarga koʻp sabab boʻladigan holatlardan biri joʻnalish kelishi qoʻshimchasini ishlatish bilan bogʻliq. Chunki kiril yozuvidagi tartib bilan lotin yozuvidagi qoida farqlanadi.

Farq gʻ yoki g tovushi bilan tugagan soʻzlarda kuzatiladi. Kirilda talaffuzga eʼtibor qaratilsa, lotinda soʻz oxiridagi tovush hal qiluvchi boʻladi. Masalan, togʻ + ga soʻzini soʻzlashuvda toqqa deb aytamiz. Kirilda xuddi shu shaklda yozamiz. Lekin lotinda togʻga deb yoziladi. Chunki imlo qoidalariga koʻra:

1️⃣ k undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yoʻlakka, elakka, bilakka, tilakka kabi.

2️⃣ q undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqa, uzoqqa kabi.

3️⃣ Qolgan barcha hollarda, soʻz qanday tovush bilan tugashidan va bu qoʻshimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bugʻga, sogʻga kabi.

Birinchi va ikkinchi qoidalar kirilga ham taalluqli. Farq faqat uchinchi qoidada.

📌 Demak:

Togʻga, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, bargga ✅
Toqqa, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, barkka ❌

Toqqa, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, barkka ✅
Togʻga, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, bargga ❌

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Bargga yoki barkka? (© @xatoliklar)
👉 Hujjatni oluvchi qanday aks ettirilishi kerak?

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 15
More from @oriftolib
  1. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  2. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  3. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
  4. Sep 28, 2026Yaxshi keksalari boʻlmagan yerning yaxshi yoshlari boʻlmaydi. — Kabardin xalq maqoli @orif…
  5. Sep 27, 2026Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga bo…
  6. Sep 27, 2026Daryo.uz yangi qiyofada: zamonaviy dizayn va qulay mutolaa Daryo.uz nashri veb sahifasi di…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →