TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2153 5.41K
Natijada: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Matnlarda tez-tez koʻzga tashlanadigan holatlardan biri – natijada soʻzidan soʻng vergul qoʻllash. Tarjimalar, ayniqsa, ingliz tilidan tarjimalarda bu hol koʻp uchraydi. Tarjimon asliyatdagi imloga ergashadi.

❗️ Natijada soʻzi vergul talab qilmaydi:

Natijada yaponlarning bir qismi nur kasaliga mubtalo boʻlib qolgan.
H. Hasanov, “Ekvatordan oʻtganda”.

Natijada shahar iqtisodiyoti oʻnglanib, sarmoya va valyuta tushumi muttasil ortmoqda.
Gazetadan.

Ushbu soʻzga maʼnodosh boʻlgan oxir-oqibatda, pirovardida soʻzlari ham vergulsiz ishlatiladi:

Oxir-oqibatda yaponlarning bir qismi nur kasaliga mubtalo boʻlib qolgan.

Pirovardida yaponlarning bir qismi nur kasaliga mubtalo boʻlib qolgan.

@oriftolib | Sahifalarimiz
Telegram Orif Tolib Ayniqsa: vergul kerakmi, kerakmasmi? Ayniqsa soʻzi bilan vergul ishlatiladigan va ishlatilmaydigan holat bor. Vergul kerak: Ayniqsa modal soʻz boʻlib kelib kelsa. Bunda u xususan soʻziga maʼnodosh boʻladi. Ikkovini bemalol almashlab qoʻllash mumkin: Yormatni…
  • 👍 30
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →