TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #2049 3.79K
“Oʻquv yurti” degan maʼqul

Sunʼiy soʻz va birikmalarni yasamaslik, foydalanmaslik kerak. Ayniqsa, katta auditoriyaga ega OAVlarda bunday soʻzlar berilmagani yaxshi. Urfga kirib ketishi ehtimoli bor-da.

Oʻzbekchada taʼlimgoh degan forscha soʻzning muqobillari koʻp. Masalan, oʻquv yurti deyish mumkin. Taʼlimgoh bitta soʻz shaklida boʻlgani bilan tovushlar tarkibi boʻyicha ustunligi yoʻq, aslan oʻzbekcha emas va tilda ishlatilmaydi. Internetdan izlab koʻrdim, tojikchada qoʻllanar ekan.

Goh (manzil, joy maʼnosida) soʻzi bilan forschada ot yasaladi. Oʻzbekchada emas. Har qanday soʻzga goh qoʻshavermaslik kerak.

Taʼlimgoh bermoqchi boʻlgan maʼnoni oʻzbekchada shu paytgacha ishlatib kelingan soʻz va birikmalar undan yaxshiroq aks ettiradi. Baʼzilari aslan oʻzbekcha boʻlmasligi mumkin, lekin tilga singib ketgan, amalda qoʻllanadi:

oʻquv yurti,
oʻquv maskani,
oʻquv dargohi,
ilm maskani,
ilm dargohi
,
taʼlim maskani,
taʼlim dargohi
kabi.

👉 Oliy, oʻrta, oʻrta-maxsus taʼlim maskanlarini qamrab oluvchi yana qanday soʻzlar yoki birikmalar bor? Izohlarda yozing.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 20
  • 😎 2
  • 🤔 1
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato? Adabiy agent Jessika…
  2. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  3. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
  4. Sep 28, 2026Bolalar mediasidagi muammo: shovqin va tezlik Tadqiqotchi Natalia Kutsirkova bolalar media…
  5. Sep 28, 2026Xavotirlarimizning qancha qismi asosli? Bizni halok qiladigan emas, qoʻrqitadigan omillar…
  6. Sep 28, 2026Doktorantlar uchun nomli stipendiyalar tanlovi eʼlon qilindi Fanlar akademiyasi tayanch do…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →