TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2032 4.93K
Soʻz oxirida ayirish (tutuq) belgisi kelmaydi

Ayirish (tutuq) belgisi rus, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar tarkibidagina uchraydi. Oʻzbekcha soʻzlarda qoʻllanmaydi. Tovush ifodalamaydigan bu belgining uch xil vazifasi bor:

1️⃣ Unlilarni choʻziqroq talaffuz etishga ishora qiladi: maʼlum, feʼl, eʼlon, taʼsir. Ammo oʻzbekchada unli aksariyat hollarda baribir choʻziq talaffuz qilinmaydi 🙃.

2️⃣ Unlini oldingi undoshdan ajratish va kuchliroq talaffuzga ishora qiladi: qatʼiy, sanʼat, masʼul, masʼud. Bu holat ham talaffuzda koʻpincha aks etmaydi 🤷🏻‍♂️‍.

3️⃣ Oʻzlashma soʻzlarda oʻzidan keyingi unli oldidan y qoʻshib aytishga ishora qiladi: podyezd, syezd, subyekt, pyesa. Shuni y bilan yozsa, oʻqishga ham, imloga ham oson boʻladi aslida. Lotin yozuvida ayni shu mantiqli usul tanlangan: podyezd, syezd, subyekt, pyesa.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, ayirish belgisi arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarda arab tilining oʻzigagina xos boʻlgan portlovchi boʻgʻiz undoshi, yaʼni ayn oʻrnida qoʻllanadi.

❗️ Ayn harfi soʻz oxirida kelganda kiril va lotin alifbolarida aks etmaydi: jome, mavze, mavzu, murabba, mone, monelik, tole, toleli, ruju, ruku; jam, sham, saj, nav | jome, mavze, mavzu, murabba, mone, monelik, tole, toleli, ruju, ruku; jam, sham, saj, nav kabi.

👉 Maxsus ilmiy, diniy va mumtoz adabiyotlarda soʻz oxirida ham ayirish (tutuq) belgisi qoʻllanishi mumkin. Bunda talaffuz yoki mazmunni farqlash, ajratib koʻrsatish ehtiyoji hisobga olinadi. Lekin bu turdagi adabiyotlarda ham soʻzlar koʻpincha amaldagi imloga koʻra yoziladi.

📌 Demak:

Jome, tatabbu, tole, ruku, sham, saj, nav ✅
Jomeʼ, tatabbuʼ, toleʼ, rukuʼ, shamʼ, sajʼ, navʼ ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 28
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →