Masʼud
Masʼud soʻzi arabchadan olingan, asliyatda baxtli, saodatli maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida ikki xil tarzda qoʻllanadi.
1. Kitobiy tilda baxtli, saodatli maʼnosida:
Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirgan zamonlar masʼud, lekin qaytarilmas bir tush kabi Yoʻlchining koʻz oldidan bir-bir oʻtadi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
Kampir iyagiga hassasini tirab, oʻsha masʼud va mashʼum tunlar ogʻushida singib ketdi.
S. Ahmad, Oʻylar.
2. Erkaklar ismi sifatida. Bunda ham baxtli, saodatli maʼnosiga ega:
Masʼudjon qurilish sohasida ishlaydi.
Masʼudov, siz birinchi boʻlib chiqish qilasiz.
❗️ Ism sifatida ishlatilganda koʻpincha Maʼsud deb talaffuz qilinadi. Lekin yozganda Masʼud yozilishi kerak. Maʼsud, Masud deb yozish xatodir.
Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #938
2.33K
- 🔥 1