TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1991 6.38K
Snoska qoʻyish qoidalari

Matnlarda snoska qoʻyish bilan bogʻliq xatolar uchrab turadi. Rus tili punktuatsiya qoidalarida bu masala hal qilingan. Juda koʻp jihatdan rus tili punktuatsiyasiga asoslangan oʻzbek tili puntuatsiyasida ham amalda shu qoidalar qoʻllanadi. Unga koʻra:

1️⃣ Agar snoska matn ichidagi soʻz, soʻz birikmasi yoki iboraga oid boʻlsa, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta kabi tinish belgilari snoska belgisidan keyin qoʻyiladi: izohtalab soʻz¹, izohtalab soʻz birikmasi¹; izohtalab ibora¹: kabi.

2️⃣ Agar snoska butun jumlaga tegishli boʻlsa va gap soʻroq, undov yoki koʻp nuqta bilan yakunlansa, snoska belgisi ulardan soʻng qoʻyiladi: Izohtalab jumla?¹ Izohtalab jumla!¹ Izohtalab jumla...¹ kabi.

3️⃣ Agar snoska butun jumlaga tegishli boʻlsa va gap nuqta bilan yakunlansa, snoska belgisi undan oldin qoʻyiladi: Izohtalab jumla¹. kabi.

4️⃣ Snoska belgisi qoʻshtirnoqdan soʻng qoʻyiladi: “izohtalab soʻz”¹, “Izohtalab jumla?”¹, “Izohtalab jumla”¹. kabi.

5️⃣ Agar qavs ichidagi soʻz, soʻz birikmasi yoki ibora izohlanadigan boʻlsa, snoska qavs ichidan joy oladi: (izohtalab soʻz¹), (izohtalab soʻz birikmasi¹), (izohtalab ibora¹) kabi.

Aytgancha, snoskani oʻzbekchada nima deb atash mumkin deb oʻylaysiz? Inglizchada footnote deyilar ekan. Soʻzma-soʻz tarjimasi ostki qayd boʻladi. Bizda oldin kitoblarning hoshiyasiga qaydlar bitilgan. Balki, hoshiya soʻzini snoskaga nisbatan ishlatish kerakdir? Yoki shunchaki qayd deyish ham mumkin.

Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 25
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →