TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1964 5.17K
Buhron

Buhron arabchadan olingan, asliyatda tanglik, ogʻir holat; alahlash maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida krizis, tanglik degan maʼnoga ega. Hozirgi oʻzbek tilida nisbatan kam ishlatiladi.

Bu soʻzni boʻhron shaklida ishlatish koʻp uchraydi. Lekin lugʻatlarga bu shakl variantdosh sifatida kirmagan. Menimcha, bu shaklni ham kiritsa boʻladi. Chunki u oʻzlashma soʻz va til uni oʻziga moslashtirishi tabiiy.

❗️ Lekin hozircha faqat buhron shaklini toʻgʻri deyishga majburmiz. Ommaviy axborot vositalarida yoki soʻzlashuv uslubida qoʻllanayotgani asos boʻla olmaydi.

Yo lugʻatni oʻzgartirvorish imkoniga ega boʻlish kerak, yo imlosini oʻrganib olish kerak. Dod-voy ortiqcha 🙃:

Shuʼba ✅
Shoʻba ❌

Tugʻuruqxona ✅
Tugʻruqxona ❌

Oʻgʻrilik ✅
Oʻgʻirlik ❌

Qoʻllanadi ✅
Qoʻllaniladi ❌

Kuvayt ✅
Quvayt ❌

Buhron ✅
Boʻhron ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 31
  • 🤔 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →