Quvaytmi yoki Kuvayt?
Arabiston yarimorolida joylashgan bu davlat nomida koʻp xato qilinadi. Hatto qaror va farmonlarda, rasmiy idoralar saytlari, internet nashrlari sahifalarida va boshqa oʻrinlarda Quvayt shaklida yanglish ishlatilganini koʻrish mumkin. Albatta, hech kim xatodan xoli emas, hammamiz ham adashamiz. Buning davosi – bilib olishdir.
Davlatning nomi – Kuvayt. Arabchasi – davlatul Kuvayt. Kichkina hududga ega bu mamlakatning poytaxti nomi ham al-Kuvaytdir. Kuvayt arabchada shaharcha, qoʻrgʻoncha maʼnosini anglatadi.
📌 Demak:
Kuvayt ✅
Quvayt ❌
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #955
4.34K