TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1759 3.2K
Bir birikma tahriri: “ertalabki nonushta”

“Takror aytilganda rangsizdir kalom”, deydi shoir. Qaytariqlar soʻzning ohorini toʻkadi, mazmunni kuchsizlantiradi. Tahrirda bu holat matnning jiddiy qusuri sanaladi. Uni albatta toʻgʻrilash kerak.

Yaqinda bir kitob tahririda ertalabki nonushta degan birikmaga koʻzim tushdi. Bu yerda soʻzlar bir oʻzakdan hosil boʻlmagan, mazmuni ham alohida olganda boshqa-boshqa. Lekin u yaxlit holda baribir xato sanaladi. Nega?

Chunki nonushta faqat ertalab qilinadi. Uni ertalabki soʻzi bilan sifatlash ortiqcha.

Nonushta soʻzini izohli lugʻat ertalabki non-choy, xoʻrak deb sharhlagan:

Sidiqjon ertalab nonushtadan keyin joʻnamoqchi boʻlgan edi.
A. Qahhor, “Qoʻshchinor chiroqlari”.

Bu jumlada ertalab soʻzi toʻgʻri qoʻllangan. U joʻnash vaqtini yanada aniq koʻrsatish uchun ishlatilyapti, nonushtani sifatlayotgani yoʻq. Sodiqjon ertalab ketmoqchi, lekin nonushtadan keyin.

Nonushta qilmoq iborasi ertalabki xoʻrakni yemoq maʼnosini anglatadi.

📌 Demak:

Ertalab nonushtadan soʻng joʻnadi. Nonushtadan soʻng joʻnadi. Nonushtani vaqtida qiling! ✅

Ertalabki nonushtadan soʻng joʻnadi. Ertalabki nonushtani vaqtida qiling. ❌

Shunga oʻxshash iboralardan yana bilasizmi? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →