TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1754 5.17K
“Nafsi hakalak otdi”: hakalak nima?

Bu ibora tilda koʻp qoʻllanadi. Ibora tarkibidagi hakalak soʻzining tub maʼnosiga koʻp ham eʼtibor bermaymiz. Bu soʻz oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Bir oyogʻi yoʻq.

Chap oyogʻingizni kesisharmish. Ikki oyoq bilan sizdan koʻrganim shu boʻlsa, endi hakalak boʻlganda nima qilardingiz...
S. Karomatov, Bir tomchi qon.

2️⃣ Bolalar oʻyini. Yerga chizilgan kataklar boʻylab bir oyoqlab sakrab oʻynaladigan bolalar oʻyini.

Hakalak oʻynamoq.

❗️ Mana shu oʻyin nomini esda saqlab qoling. Koʻpchilik uni ruschalab klassiki deb qoʻya qoladi. Aslida oʻzbekchada bu oʻyinning bir nechta nomlari bor.

Oʻzbekcha-ruscha lugʻat hakalak soʻzini ruscha jyolud, yaʼni choʻchqayongʻoq maʼnosida ham izohlagan.

Hakalak otmoq iborasi bir oyoqlab irgʻib-irgʻib yurishni bildiradi.

Nafsi hakalak otmoq iborasi esa ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Ishtahasi juda ochilib, yeyish, ichishdan oʻzini toʻxtatolmaslik.

2️⃣ Oʻziniki qilish, oʻzlashtirishda ishtahasi karnay boʻlmoq.

Ushbu iboraning nafsi haykalak otmoq, nafsi hakkalak otmoq variantlari ham bor. Lekin bir narsani eʼtiborga olish kerak. Matn tuzayotganda variantdosh soʻzlarning jonli tilda eng koʻp ishlatiladigani, hamma biladiganini qoʻllayverish kerak. Yozishdan maqsad – bilimdonlikni koʻrsatish emas, fikrni oʻquvchiga yetkazib berish. Kitobxonga yotroq soʻzni qoʻllash matnni ham, mazmunni ham oʻquvchi ongi va qalbidan bir qadar uzoqlashtiradi. Albatta, maxsus ilmiy-tadqiqiy, xos matnlar bundan mustasno.

📌 Demak:

Nafsi hakalak otmoq, nafsi haykalak otmoq, nafsi hakkalak otmoq ✅

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →