Yod va yot
Baʼzida talaffuzi yaqin soʻzlarni yanglish qoʻllaymiz. Natijada maʼno butkul oʻzgarib ketadi. Masalan, mentalitetimizga yot tushuncha iborasi mentalitetimizga yod tushuncha shaklida ishlatilishi koʻp uchraydi. Xoʻsh, bunda nima oʻzgaradi?
Mentalitetimizga yot – mentalitetimizga begona. ✅
Mentalitetimizga yod – mentalitetimiz yod olgan. 🙃
Yod soʻzi xotira, es; xotirada, esda saqlash; eslash maʼnolarini anglatadi.
Yot soʻzi uch xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Qarindoshligi yoʻq; begona.
2️⃣ Tanish boʻlmagan, notanish, begona; oʻzga, chet.
3️⃣ Qishloq xoʻjaligida: yovvoyi, begona.
Yetti yot begona iborasi esa mutlaqo qarindoshligi yoʻq, notanish degan maʼnoni bildiradi.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1698
3.5K
- 👍 1