TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1646 3.78K
Halok boʻldimi, vafot etdimi?

Sinonim soʻzlar maʼno qirralari bilan farqlanib turishi haqida oldin ham aytgan edim. Halok boʻlmoq va vafot etmoq soʻzlarida ham shu holat kuzatiladi. Ularni almashlab ishlatish mazmun-mohiyat oʻzgarishiga olib keladi.

Katta-katta axborot saytlari, telekanallar ham bu ikki iborani xato ishlatayotgan oʻrinlar bor. Nimasi yanglishligini bilish uchun iboralarning maʼnosini bilib olish kerak.

Vafot etmoq iborasi oʻlmoq, olamdan oʻtmoq degan maʼnoni bildiradi. Halok boʻlmoq iborasi esa fojiali ravishda oʻlmoq; baxtsiz hodisaga, halokatga uchrab nobud boʻlmoq maʼnosiga ega.

Endi misollar bilan tanishamiz:

Qashqadaryodagi zavodda yongʻin chiqdi. Bir kishi vafot etdi, besh kishi tan jarohati oldi.

Bu gapda vafot etdi iborasini ishlatish tahrir nuqtayi nazaridan xato. Chunki yongʻin baxtsiz hodisa, undagi oʻlim holati halok boʻlish soʻzi bilan ifodalanadi:

Qashqadaryodagi zavodda yongʻin chiqdi. Bir kishi halok boʻldi, besh kishi tan jarohati oldi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 4
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →