TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1182 4.14K
Isrof va uvol: farqi nimada?

Maʼnodosh, maʼnosi bir-biriga yaqin soʻzlar baʼzi oʻrinlarda farqlanishi tilda bor hodisa. Isrof va uvol soʻzlari ham maʼno jihatidan yaqin, baʼzida bir-birining oʻrnida almashlab ham qoʻllash mumkin. Biroq ayrim holatlarda ikkisi ikki xil mazmunni anglatadi.

Isrof soʻzi arabchadan olingan, oʻzbek tilida ham asliyatdagidek maʼnoni bildiradi: nest-nobud qilish; oʻrinsiz yoki ortiqcha ishlatish, yoʻq qilish.

Uvol ham arabchadan, bugungi oʻzbek tilida asosan foydasiz yoki bevaqt yoʻq boʻlish, yoʻqolish; nest-nobud boʻlish maʼnosida ishlatiladi. Bu maʼnosi bilan isrof soʻziga sinonim sanaladi.

Endi maʼno qirralaridagi farqqa kelsak.

Deylik, kechki ovqat keragidan ortiqcha tayyorlandi va ortib qoldi. Saqlashning iloji yoʻq, ertalabga qolsa, ayniydi. Uni aynitib qoʻyish ham isrof, ham uvol. Lekin siz shu ortiqcha qismini bir amallab, istamasangiz ham yedingiz. Maqsad – uvol boʻlmasin. Toʻgʻri, bunda ovqat uvol boʻlmadi. Lekin baribir isrof boʻldi.

Chunki unga ketgan ortiqcha masalliq olib qoʻyilganda, ertaga boshqa ovqatga ishlatilardi. Keragidan ortiq yeyish esa sizning sogʻligʻingizga, kayfiyatingizga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Sogʻliqning yomonlashishi kun kelib shifokor xizmatiga yoki dori-darmonlarga pul sarflashga, ovoragarchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Bular ham ehtimoliy ortiqcha sarflar, yaʼni isrofdir.

Isrof ham, uvol ham barakani ketkazadigan, odamni kambagʻallashtiradigan odatdir. Undan imkon qadar uzoq yurish kerak.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 😢 3
  • 👍 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →