TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1175 2.23K
“Kashf” va “ixtiro”: farqi nimada?

Baʼzi soʻzlar mazmun jihatidan bir-biriga yaqin boʻlsa-da, maʼno nozikliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Kashf va ixtiro soʻzlari ham xuddi shunday.

Izohli lugʻat ikki soʻzni maʼnodosh sifatida sharhlabdi. Ammo milliy ensiklopediya ikki tushunchani farqlagan:

Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin.

Macalan, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham, u ixtiro hisoblanadi, Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul kashfiyotdir.

Har qanday ixtiro kashfiyot boʻla olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi.

📌 Demak, kashfiyot deganda yangi qonuniyatlar, ilmiy gʻoya va ilmiy asosga ega farazlar, andaza va sxemalar tushuniladi. Ixtiro esa amalga oshirib koʻrilgan ilmiy yangilik yoki texnik yechim, kashfiyotning moddiylashgan shakli.

Yangi qonuniyat kashf etildi, Yerning Quyosh atrofida aylanishi kashf qilindi, qora tuynuklar haqidagi kashfiyot; raketa ixtiro qilindi, ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi, ketma-ket yaratilgan ixtirolar sanoatni birdaniga rivojlantirdi kabilar ✅

Yangi qonuniyat ixtiro etildi, Yerning Quyosh atrofida aylanishi ixtiro qilindi, qora tuynuklar haqidagi ixtiro; raketa kashf qilindi, ichki yonuv dvigatelining kashf qilinishi, ketma-ket yaratilgan kashfiyotlar sanoatni birdaniga rivojlantirdi kabilar ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →