TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1551 3.43K
​#Soʻragan_edingiz

Imorat, inshoot, bino: farqi nimada?

Cinonim soʻzlar maʼno nozikliklari bilan farqlanib turishi tilda kuzatiladigan hodisa. Arab tilidan kirgan bu uch maʼnodosh soʻz ham mazmunan farqlarga ega.

Imorat yashash yoki boshqa maqsad uchun maxsus qurilgan uy, binoni anglatadi: imorat solmoq, gʻisht imorat, temir-beton imorat.

Inshoot esa turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va ularning uskuna-jihozlaridir: gidrotexnik inshootlar, yerosti inshooti, koʻp qavatli inshootlar.

Bino kishilarning yashashi, ishlashi va boshqa ehtiyojlar uchun quriladigan inshoot, ulkan uy, imorat maʼnosiga ega: teatr binosi, turar joy binolari.

Deylik, gap uy qurish haqida ketyapti. Bunday paytda siz: “Bu yil yangi inshoot quraman”, demaysiz. Bu oʻrinda oʻzbekcha uy yoki yuqorida sharhlangan imorat soʻzini ishlatgan yaxshi. Hatto bino ham mos tushmaydi.

Gidrotexnik inshootlar birikmasida inshoot oʻrniga на уй, на иморат, на бино мос келади.

Театр биноси деган бирикмада ham boshqa sinonimlarni ishlatish uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi. Lekin baland binolar birikmasida yuqorida sanalgan barcha maʼnodoshlarni almashlab ishlatish mumkin.

Tahrir ana shu kabi holatlarda eng munosib soʻzni qoʻllashni oʻrgatadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
More from @oriftolib
  1. Oct 3, 2026Yuksak darajadagi shijoat va yuksak darajadagi mehnatsevarliksiz birorta daho boʻlishi mum…
  2. Oct 2, 2026Post #4924
  3. Oct 2, 2026“Matn ortida” klubining 12-soni 🎙 🔊 Kitobxonlikni targ‘ib etishni maqsad qilgan ushbu kl…
  4. Oct 2, 2026Agar seni urayotganga javob qaytarmasang, u qoʻling bor-yoʻqligini bilmaydi. — Adigey xalq…
  5. Oct 1, 2026Hujjatli asarni yakunlashning 3 usuli Badiiy asar yaratganda voqealar qanday tugashini old…
  6. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →