TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #4921 2.23K
Hujjatli asarni yakunlashning 3 usuli

Badiiy asar yaratganda voqealar qanday tugashini oldindan bilmaslik mumkin. Ammo hujjatli nasr buning teskarisini talab etadi – asar yakunini oldindan belgilab olish shart.

Yozuvchi Terri Farli Writerʼs Digest jurnalida asarni ishonchli yakunlash uchun 3 ta usulni tavsiya qiladi:

1. Maqsadni koʻz oldida saqlash:
yakuniy manzilni qogʻozga yozib, devorga yopishtirib qoʻying.

2. Axborot ilmogʻini topish: oʻquvchini oxirigacha yetaklaydigan qiziqarli statistika yoki hayotiy voqealarni tanlang.

3. Oʻquvchini qahramonga yaqinlashtirish: dalillardan soʻng qahramonning insoniy zaifliklarini ochib bering.

Gʻarb oʻquvchilariga detektivlari bilan yaxshi tanish Mikki Spilleyn esa bunday xulosani aytadi:

“Birinchi sahifa shu kitobni sotadi. Oxirgi sahifa esa keyingi kitobingizni sotadi”.


@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 🔥 13
  • 😎 4
  • ⚡ 1
  • ✍ 1
More from @oriftolib
  1. Oct 2, 2026“Matn ortida” klubining 12-soni 🎙 🔊 Kitobxonlikni targ‘ib etishni maqsad qilgan ushbu kl…
  2. Oct 2, 2026Agar seni urayotganga javob qaytarmasang, u qoʻling bor-yoʻqligini bilmaydi. — Adigey xalq…
  3. Oct 1, 2026Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin? “Ital…
  4. Oct 1, 2026Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq. — Romen Rollan @oriftolib | Sahi…
  5. Sep 30, 2026Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtki Yozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erk…
  6. Sep 30, 2026🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, en…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →