TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.2K subscribers
Post #1581 14.9K
​“Mahsulot”ning oʻzbekchasi – tovar

Tilimizga oʻrnashib, oʻziga tegishli boʻlmagan hududlarni ham egallab olgan monopoltabiat soʻzlardan biri mahsulotdir. Bu soʻzni oʻrinli-oʻrinsiz qoʻllayveramiz. Uning turkiycha muqobili – tovarga esa juda kam murojaat qilamiz. U goʻyo rus yoki boshqa Yevropa tilidan kirib kelganday tuyuladi. Aslida bunday emas. Tovar gʻirt oʻzbekcha soʻz.

Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit turk” asarida tavar soʻziga jonli, jonsiz mol, mato deb taʼrif berilgan:

Oʻl aning birla tavar yarishdi – U sherigi bilan tovarni teng boʻlishdi.

Tovar rus tiliga turkiy tillardan oʻtgan. U bolgar, sloven, chex, polyak kabi tillarda ham ishlatiladi.

Dastlab chorva moli maʼnosida qoʻllangan tovar keyinchalik har qanday moddiy boylikni ifoda eta boshlagan. Qadimda koʻchmanchi turkiy qavmlarda chorva asosiy boylik boʻlgan.

Xalqning turmush tarzi tilda aks etishi – tabiiy hol. Ingliz, rus va boshqa tillarda mablagʻ, sarmoya maʼnosida qoʻllanadigan kapital soʻzi ham lotincha caput – bosh, asosiy soʻziga borib taqaladi. Qadimda Yevropada ham boylik chorva soni bilan oʻlchangan, buni aniqlash uchun chorva boshi sanalgan, chorva boylikning asosiy oʻlchovi boʻlgan.

Xullas, tomirida turkiy til qoni oqayotgan tovar soʻzini bemalol ishlataverishimiz kerak. U tilimizning ming yillik tovari.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 7
  • 🔥 3
More from @oriftolib
  1. Sep 29, 2026Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlar Yirik sunʼiy intellekt (SI…
  2. Sep 29, 2026“Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyati Aziz Norqulov “Qaldirgʻoch tu…
  3. Sep 29, 2026Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerak Filologiya fanlari doktori Bahodir Kari…
  4. Sep 29, 2026Adabiy agent oʻgiti: nega bitta asar ustida toʻqqiz yil ishlash xato? Adabiy agent Jessika…
  5. Sep 29, 2026Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydal…
  6. Sep 28, 2026Miyamiz oʻqishga moslashmaganmi? Neyrobiolog Rebekka Gotlib inson matnni koʻrish, eshitish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →