TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1528 3.04K
Xush va hush

X va h tovushlari ogʻzaki tilda koʻpincha farqlanmaydi va bu yozma nutqda ham oʻz aksini topadi: shu tovushlar qatnashgan soʻzlarni yozishda koʻp xato qilamiz. Jumladan, xush va hush soʻzlarida.

Aslida ikkala soʻz ham xato emas. Lekin ularning, ular qatnashgan iboralarning maʼnosini bilmaslik almashlab ishlatishga sabab boʻlishi mumkin.

Xush forschadan olingan, oʻzbekchada yaxshi, yoqimli maʼnolarini anglatadi: xush kayfiyat, xushovoz xonanda, xush kelibsiz, xush koʻrdik, xush qoling.

Hush soʻzi ham forschadan kirgan, oʻzbek tilida kishining biror narsa-hodisani sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, shunday sezgi, idrokka ega holat kabi maʼnolarni bildiradi: es-hushi joyida, hushi uchdi, hushidan ketdi, hushiga keldi, hushyor, hushli, behush.

Baʼzi chalkashtiradigan holatlar bor. Masalan:

Xushi yoʻq iborasi xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yoʻq maʼnolarini ifodalaydi:

Dasturxonda holva, novvot, murabbo... Zargarovning bularga xushi yoʻq...
A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat.

Agar bu iborani h bilan yozadigan boʻlsak, hushdan ketish maʼnosi paydo boʻladi: bemorning hushi yoʻq.

Xushi kelmoq iborasi kayfiyati yaxshi boʻlmoq, xushiga kelsa iborasi esa xohlasa, yoqtirsa maʼnolariga ega:

Xushiga kelsa, ishlaydi, boʻlmasa, ochiq havoga direktor boʻlib oʻtiraveradi.

Agar xushiga kelsa iborasi oʻrniga hushiga kelsa iborasini ishlatsak, behush holatdan chiqish, oʻziga kelish maʼnosi anglashiladi:

Bemor hushiga kelsa, aslida nima boʻlganini oʻzi aytib beradi.

Demak, xush va hush soʻzlarini qoʻllashda xato qilmaslik uchun ular jumla yoki birikmada qanday maʼnoda ishlatilayotganini aniqlab olishimiz kerak boʻladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 8
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →