TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1124 8.26K
Asl va asil

Bu soʻzlarni koʻp yanglishtirib qoʻllaymiz. Sababi ularning talaffuzi bir-biriga yaqin va baʼzida oʻrni almashganda ham birikmadan maʼno chiqaveradi. Masalan, asl tilla va asil tilla. Nima farqi bor, qay biri toʻgʻri?

Asil soʻzi arabchadan, asliyatda naslli, zotli maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida esa aʼlo sifatli; toza, sof (qalbaki, past emas), koʻchma maʼnoda yaxshi xislatlarga, fazilatlarga ega boʻlgan; oliyjanob, bebaho; sof, pok maʼnolarini anglatadi.

Asil tosh birikmasi laʼl, zumrad, brilliant kabi qimmatbaho toshlarni ifodalaydi.

Asl soʻzi ham arabchadan kirgan, asliyatda kelib chiqish maʼnosini bildiradi. Oʻzbek tilida kelib chiqishi; nasli, tagi, kelib chiqqan (asos) joyi, bosh, dastlabki, chin, haqiqiy maʼnolarini anglatadi.

📌 Xoʻsh, asil tilla toʻgʻrimi yoki asl tilla? Asil tilla – sof, toza, boshqa metal aralashtirilmagan tilla degan maʼnoni anglatadi. Asl tilla esa haqiqiy tilla maʼnosiga ega. Soflik maʼnosi nazarda tutilganda asil soʻzini ishlatish kerak. Maʼnosiz ibora yuzaga kelmayotgani uchun bu oʻrinda asl soʻzini ishlatish ham xato emas. Lekin baʼzi oʻrinlarda maʼno farqlanadi va bu ikki soʻzni almashlab qoʻllash xatoga olib keladi.

Masalan:

Asl maqsad ✅
Asil maqsad ❌

Chunki asl maqsad – chin, haqiqiy maqsad. Asil maqsad esa sof, boshqa narsa aralashtirilmagan maqsad boʻlib qoladi va bu xato.

Asil soʻzi asosan narsa-buyumlarni, moddiylikni bildiruvchi soʻzlar bilan ishlatiladi. Uni maqsad, niyat, haqiqat, daraja kabi soʻzlarga nisbatan qoʻllash xatodir.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 9
  • ⚡ 1
  • ✍ 1
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →