#Soʻragan_edingiz
Qoʻshtirnoqning qaysi shaklini ishlatish kerak?
Obunachilardan biri qoʻshtirnoqning qaysi turidan foydalanish kerakligi haqida soʻragan edi. Shu haqda ancha-muncha narsa yozib qoʻygandim. Bu orada @xatoliklar kanali shu haqda maqola eʼlon qilib qoldi. Baʼzi oʻrinlari takror boʻlsa-da, men ham yozganlarimni eʼlon qilyapman. Uvol boʻlmasin 🙃.
Oʻzbekchada qaysi qoʻshtirnoq turidan foydalangan maʼqul?
Hozir eng keng tarqalgani – “...” shakli. Menimcha, mana shuni ishlatgan afzal. Nega?
1️⃣ Kompyuterdagi matn muharrirlarida oʻzbek tili klaviaturasida ayni shu belgi chiqadi. Zamonga hamnafas boʻlgan yaxshi. Telefonlardagi klaviaturalar, jumladan, android smartfonlardagi Gboard va Yandeks klaviaturalarida ham shu variant asosiy qoʻshtirnoq belgisi qilib olingan.
2️⃣ Shakli chiroyli va ixcham.
❗️ Aslida ona tili darsliklariga koʻra, „ ... “ shaklidan foydalanish kerak. Biroq oʻzbekcha matnlarda qoʻshtirnoq shu darsliklardagina bu tarzda ishlatiladi, xolos. Balki, yana birorta kitobda ishlatilgandir. Lekin men koʻrmaganman.
Rus imlo tartibiga koʻra, „ … “ belgisidan qoʻlda yozilganda foydalaniladi, bosmada « … » belgisi ishlatiladi. Bizda ham „“ belgisini yozma shakl uchun ishlatsa boʻladi. Qolgan holatlarda “” variantidan foydalanaverish kerak.
Istaganlar ruscha klaviaturada chiqadigan «» belgilarini bemalol ishlatishi mumkin. Oʻzbekcha kiril va lotin klaviaturalarida “” chiqqani uchun men shuni maʼqul koʻraman. Xullas, bu borada “chanqogʻingga ishon” shiori amalda.
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1048
3.92K