TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.2K subscribers
Post #49533 2.85K
#Yangiliklar

🌙 UCHINCHI RENESSANS GAVHARIGA MA’RIFIY TASHRIF

🔺Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimining 1-bosqich talabalari uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
🟦Ma’rifiy tashrifga institut «Ijtimoiy fanlar va tillar» kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, dotsent A. Egamov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi A. Allaberganov boshchilik qildilar.

🟦Tashrifdan ko‘zlangan maqsad talabalarni yurtimizning boy ilmiy-madaniy merosi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy xazina bilan yaqindan tanishtirish, ularning tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🟦Institutda talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy-madaniy tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir doirasida Modul ta’lim tizimida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

🟦Tashrifning o‘ziga xos jihati shundaki, unda ishtirok etgan talabalar yurtimizning turli hududlaridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va imom noiblaridir. Shu bois mazkur tashrif ularning nafaqat tarixiy va madaniy bilimlarini boyitish, balki kasbiy mahoratini oshirish, diniy-ma’rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xalqimiz orasida olib boriladigan ma’rifiy targ‘ibot mazmunini boyitishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

🔺 Tashrif davomida ishtirokchilar markaz muzeyidagi noyob qo‘lyozmalar, qadimiy va nodir asarlar, tarixiy eksponatlar, qo‘lyozmalarning faksimile va mulyaj nusxalari, shuningdek, xalqimizning boy milliy va diniy-ma’rifiy merosini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.


🔻 Batafsil....

📝 Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлими

📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!
📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 🎉 3
  • 👍 2
More from @oliymahad
  1. Oct 16, 2026#Muslim_podcast 📱🗣JANJALLI XABAR TARQATISHGA SHARIATIMIZ QANDAY QARAYDI❓ 🎙 Ekspert: Mif…
  2. Oct 16, 2026#Yangiliklar 🌙 UCHINCHI RENESSANS GAVHARIGA MA’RIFIY TASHRIF 📹 Toshkent islom instituti…
  3. Oct 16, 2026#Янгиликлар 🔺МУМТОЗ МЕРОСИМИЗНИНГ ИНТЕРАКТИВ ТАЛҚИНИ 🔺Имом Бухорий номидаги Тошкент исло…
  4. Oct 16, 2026#Қуръон_ва_тажвид_ўқув_курси 🗒 Ўқув курслари фаолиятини такомиллаштириш масалалари муҳока…
  5. Oct 16, 2026#Малака_ошириш #Отинойилар 🗣 Мутаассибликка қарши курашиш ва ахборотни таҳлил қилиш: отин…
  6. Oct 16, 2026#Yangiliklar 🔺ICHKI VA TASHQI TAHDIDLARGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASH – DAVR TALABI! 🔺…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →