TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.2K subscribers
Post #49548 1.48K
#Yangiliklar

🔺ICHKI VA TASHQI TAHDIDLARGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASH – DAVR TALABI!

🔺 Toshkent islom institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni ostida “Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish yo‘llari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbir tashkil etildi.

🔺Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh. Badiyev va 2-kurs talabalari ishtirok etishdi.

🟦Tadbir talaba-yoshlarning turli yot g‘oyalar, buzg‘unchi mafkuralar hamda zamonaviy axborot makonida uchrayotgan tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda diniy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitish maqsadida o‘tkazildi.

🟦Muloqotni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh. Badiyev kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning asosiy maqsad va vazifalariga to‘xtaldi hamda taklif etilgan mutaxassisni yig‘ilganlarga tanishtirdi.

🟦Tadbir davomida jamiyat barqarorligi, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, diniy ekstremizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan asossiz da’volar hamda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan g‘oyaviy xurujlarning xavfli jihatlari atroflicha tahlil qilindi.

🔺 Tadbir yakunida ma’rifat jaholatga qarshi eng ta’sirchan vosita, ilm va tafakkur esa g‘oyaviy tahdidlardan himoyalanishning asosiy poydevori ekani ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak diniy soha mutaxassislari zimmasida puxta bilim olish bilan birga, jamiyatda sog‘lom diniy muhitni barqarorlashtirish, aholiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish hamda noto‘g‘ri talqinlarning oldini olish kabi mas’uliyatli vazifalar turgani e’tirof etildi.


➡️O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik uchrashuv talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, bag‘rikenglik va ogohlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

🔻 Batafsil...

📝 Toshkent islom instituti Matbuot xizmati

📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!

📱Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @oliymahad
  1. Oct 17, 2026#Видеолавҳа 🕌Пайғамбаримиз ﷺ сийратларини ўрганиш — муҳаббат ва ибрат йўли 💬 FACEBOOKда…
  2. Oct 17, 2026#Янгиликлар 🔺НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТ УЙҒУНЛИГИ — ЕТУК МУТАХАССИС ТАЙЁРЛАШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ 🔺 Б…
  3. Oct 17, 2026#Мақола 🤲РОЗИЛИКСИЗ БАРАКА БЎЛМАС! 🤲 1-қисм. ОТА-ОНА ДУОСИ ВА УСТОЗ ҲАҚҚИ Кўп кузатишлар…
  4. Oct 17, 2026#Кун_ояти "У адн жаннатидир. Унга кирганларида остидан анҳорлар оқиб турар, улар учун у ер…
  5. Oct 17, 2026#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha 📺 “ЖУМАДАН ЖУМАГАЧА” (16.10.2026) 00:00 Хабарлар 01:25…
  6. Oct 16, 2026#Намоз_вақтлари ⏰ «... албатта, намоз мўминларга вақти тайин бўлган фарздир» (Нисо, 103) �…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →