#Maqola
📖 ILMDAN O‘ZGA NAJOT YO‘Q
🟦 Biz ko‘rib turgan bu ajib dunyo ilm bilan obod bo‘ladi. Yangi kashfiyotlardan tortib inson hayotidagi ishlarni yengil qiladigan barcha zamonaviy texnologiyalar ilmning asosida yuzaga keldi.
📖 Ilm so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, lug‘atda: “bilish” degan ma’noni anglatadi. Bu shunday bir buyuk ne’matki, Odam alayhissalomga berilgan ilk in’omdir.
Alloh taolo ushbu hikoyani O‘z kalomida shunday marhamat qilib aytadi:
وَعَلَّمَ آدَمَ الْأَسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلَائِكَةِ فَقَالَ أَنْبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَؤُلَاءِ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ
“Va U Zot Odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qildi. Keyin: Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, anavilarning ismlarini Menga aytib bering, dedi” (Baqara surasi 31-oyat).
🟢 Yuqoridagi oyatdan bilib olishimiz mumkin, Odamga berilgan eng buyuk ne’mat ilm, har narsaning nafaqat ismi balki uning fuksional vazifalarini ham o‘rgatgan. Ya’ni: Bu quyosh, uning shakli dumaloqsimon, u kunduzi yer yuzini isitadi va yoritadi kabilar.
🔻 Батафсил....
📝Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimi 2-kurs talabasi, Hasanxon qori jome masjidi Imom-xatibi NAJMIDDIN DOMLA Hasanov
📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!
📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
Post #49302
1.25K

- 👏 3
- 🔥 1