TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.3K subscribers
Post #49314 1.3K
#Seminar

🗣Imom Termiziy merosiga bagʻishlangan xalqaro onlayn seminar boʻlib oʻtdi
 
▫️Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Misr Arab Respublikasining nufuzli Al-Azhar universiteti hamkorligida “Imom Termiziy merosi: merosni qabul qilish va o‘rganish an’analari hamda undan zamonaviy foydalanish istiqbollari” mavzusida xalqaro onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

▪️Mazkur xalqaro ilmiy tadbir Imom Termiziy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini tadqiq etish, alloma asarlarining ilmiy ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda buyuk muhaddis merosidan zamonaviy ilmiy-ta’limiy jarayonlarda foydalanish istiqbollarini muhokama qilishga qaratildi.

🗒 Seminarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan imzolangan memorandum doirasida faol ishtirok etdi.

💬 Tadbir davomida Imom Termiziy merosining islom ilmlari, xususan, hadis ilmi taraqqiyotidagi o‘rni, alloma asarlarining ilmiy qiymati, uning ilmiy maktabi va merosini o‘rganish an’analari, shuningdek, mazkur boy ilmiy merosni bugungi ilmiy-ta’limiy jarayonlarga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

🇺🇿🇪🇬Xalqaro seminar doirasida O‘zbekiston va Misr ilmiy-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, hadis ilmi va islom manbashunosligi yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy-amaliy anjumanlar hamda seminarlar tashkil etish kabi istiqbolli yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratildi.


📌Ta’kidlash joizki, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida imzolangan memorandum tomonlar o‘rtasida ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda buyuk muhaddislar merosini chuqur o‘rganishga xizmat qilmoqda.

✍️ Toshkent islom instituti Matbuot xizmati

📱 @oliymahad – diniy-ma'rifiy kanal!

📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👍 4
More from @oliymahad
  1. Oct 10, 2026#Намоз_вақтлари ⏰ «... албатта, намоз мўминларга вақти тайин бўлган фарздир» (Нисо, 103) �…
  2. Oct 10, 2026#Янгиликлар #Халқаро_симпозиум 🔺«Фатҳул борий» ва «Умдатул қорий»: икки буюк муҳаддис мер…
  3. Oct 10, 2026Айман Сувайднинг тажвид дарси тингловчиларига шаҳодатнома топшириш маросими 📱 @oliymahad…
  4. Oct 10, 2026#Янгиликлар 🔺ТАЛАБАЛАРНИНГ СОҒЛОМ ШАХСЛАРАРО МУНОСАБАТЛАР ВА САМАРАЛИ МУЛОҚОТ ОШИРИШГА ҚА…
  5. Oct 10, 2026Post #49322
  6. Oct 10, 2026#Muslim_podcast 📱🗣NIMA UCHUN FITNA OG'IR GUNOH HISOBLANADI❓ 🎙 Ekspert: Miftohiddin doml…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →