💻Klubimiz sardoridan birinchi CVE
Nodex jamoasi uchun ajoyib yangilik! Klubimiz sardori Qahramon yoqilg‘i quyish shaxobchalarini avtomatlashtiradigan tizimda juda jiddiy xatolik topdi va uni xalqaro bazada ro‘yxatdan o‘tkazdi.
🛡Qanday zaiflik topildi?
ID: CVE-2026-12183
Xavflilik darajasi: 9.8 CRITICAL (Eng yuqori xavfli)
Muammo: Ushbu tizimda login-parol tekshiruvi to‘g‘ri ishlamagan. Buning oqibatida begona odam masofadan turib tizimga kirib olishi hamda yoqilg‘i quyish uskunalari, kassa va bank terminallarini to‘liq boshqarishi mumkin bo‘lgan.
❓ O‘zi CVE nima?
CVE — bu dunyo bo‘ylab dasturlarda topilgan va rasman tasdiqlangan xavfsizlik xatolarining global bazasi. Kiberxavfsizlik sohasida yurganlar uchun o‘z nomi bilan CVE olish — xalqaro darajadagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi.
🔗Bizni kuzatib boring:
💬 Telegram | 🤖 Telegram Bot | 🌐 Web
Post #72
415

- 🔥 10
- ⚡ 2
- 👍 2
- ❤🔥 1
- ❤ 1
- 💯 1