TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #70 704
2025–2026 o‘quv yili o‘z nihoyasiga yetdi!

Assalomu alaykum barchaga, bu yilgi safarimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Klubimiz tashkil etilganiga 6 oy to‘lib, ushbu davr davomida bir qator muhim ishlarga qo‘l urdik. Jumladan, maktabimizda bir nechta master-klasslar tashkil etildi, o‘quvchilar o‘rtasida ilk bor CTF musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Eng muhimi ushbu faoliyatlar orqali sohaga qiziqadigan iqtidorli o'quvchilarimizni aniqladik, maktabda kiberxavfsizlik sohasining rivojlanishiga turtki bo'ldik, xalqaro forum va musobaqalarda faol ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatdik.

Bu yutuqlarning barchasi, albatta, Nodex jamoasining birgalikdagi mehnati, intilishi va fidoyiligi natijasidir. Jamoamizning barcha a’zolariga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, jamoamizning bitiruvchi faxriy a’zolariga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Kelgusi o‘quv yilida yanada kuchli bo‘lib, yangi g‘oyalar va loyihalar bilan qaytamiz. Bizni kuzatishda davom eting. Barchangizga rahmat!

Hurmat bilan,
Nodex klubi asoschisi
Qahramon Choriyev
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
More from @nodexcc
  1. Oct 16, 2026🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘t…
  2. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  3. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  4. Oct 4, 2026💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da! 29–30-sentabr kunlari klu…
  5. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  6. Sep 19, 2026#NASA 🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM! 🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →