🛡CUTS CTF 2026: Nodex jamoasi TOP-15 talikda
18-aprel kuni Turan Security, Cyber University va Cybersecurity Center tomonidan o‘tkazilgan CUTS CTF 2026 musobaqasida Nodex klubining faol a’zolari 170 dan ortiq jamoalar orasidan faxrli 15-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! 🏆
Bu maktab o‘quvchilarimiz uchun ilk CTF tajribasi bo‘lishiga qaramay, juda katta va muhim natija hisoblanadi. Ayniqsa, ularning asosiy raqiblari universitet talabalari bo‘lganini hisobga olsak — bu haqiqatan ham faxrli yutuq! 🔥
📌 Ma’lumot uchun: Top 10 jamoa final bosqichga yo‘l oldi.
O‘quvchilarimizga keyingi ishlarida omad tilaymiz — bu hali boshlanishi!🚀
📱 @nodexcc — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi.
Post #64
2.85K

- ❤🔥 4
- ❤ 3
- 😁 1
- 🏆 1