TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #43 4.73K
🖥 MAKTABIMIZDA ILK BOR O‘TKAZILGAN CTF MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarixiy voqea yuz berdi — ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberCup 1.0” CTF musobaqasi o‘tkazildi.

“Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda o‘quvchilarimiz axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va kriptografiya yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini amalda namoyish etdilar. Maktabimiz faollar zali haqiqiy intellektual jang maydoniga aylandi!

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
Eng yuqori ball to‘plagan TOP-3 ishtirokchi maktabimizning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. Endilikda ularni soha mutaxassislari tomonidan o‘tiladigan professional mahorat darslari va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari kutmoqda.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi ilk muhim qadam tashlandi.

💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
  • ❤ 7
  • 🔥 6
  • 👏 3
More from @nodexcc
  1. Oct 16, 2026🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘t…
  2. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  3. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  4. Oct 4, 2026💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da! 29–30-sentabr kunlari klu…
  5. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  6. Sep 19, 2026#NASA 🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM! 🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →