TGViewer
Nodex kiberxavfsizlik klubi Nodex kiberxavfsizlik klubi @nodexcc · 212 subscribers
Post #36 487
🌐 FIRST mintaqaviy simpoziumi — Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea

2026-yil 26–27-fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida “First Regional Symposium for Central Asia – 2026” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kiberxavfsizlik markazi ko‘magida hamda FIRST doirasida tashkil etilib, mintaqa uchun ilk yirik anjuman sifatida e’tirof etildi.

✔️ Ikki kun davomida xalqaro ekspertlar threat hunting va threat modeling metodologiyalari, ethical hacking va malware tahlili, milliy erta ogohlantirish tizimlari, bug bounty platformalari, kiberbardoshlilik hamda incident response jarayonlari bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbirning 2-kuni Bobur Abdullaev (Inha University in Tashkent rektori), Chris Gibson (FIRST ijrochi direktori) va Olimjon Mirzaev (Kiberxavfsizlik markazi direktori) ning nutqlari bilan boshlandi.

🎓 Maktabimizning Nodex kiberxavfsizlik klubi a’zolari hamda bir guruh faol o‘quvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro tadbirda faol qatnashib, dunyoning yetakchi mutaxassislaridan qimmatli bilim va amaliy tajriba orttirdilar.

💬 @nodexcc — bizni kuzatishda davom eting
  • 🔥 4
More from @nodexcc
  1. Oct 16, 2026🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘rtasida o‘t…
  2. Oct 7, 2026🚀 Algoritmlarni noldan olimpiada darajasigacha — algoyol.uz ! Yaxshi algoritm materiallar…
  3. Oct 6, 2026Klubimiz aʼzosi IJCO Global Finallarida (IJCOGF 2026) ishtirok etadi! 🥇 🥈Klubimizning aʼ…
  4. Oct 4, 2026💻 Nodex kiberxavfsizlik klubi KazHackStan: CYBERKUMBEZ 2026 da! 29–30-sentabr kunlari klu…
  5. Sep 23, 2026#uzb_vaqti_bilan | 23.09.2026 17 yoshli o‘zbek yigitidan Nasa ham hayratda mtrk.uz | Insta…
  6. Sep 19, 2026#NASA 🇺🇿 ISMI HAM QAHRAMON, NATIJASI HAM! 🛰 Natija esa — NASA’ning rasmiy e’tirofi. Ixt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →