"MAC vs IP: Boshlang'ich tushunchalar"
MAC Address:
- To‘liq nomi: Media Access Control Address
- Vazifasi: Lokal tarmoqda (LAN) qurilmalarni aniqlash
- Darajasi: OSI modelining 2-qavati (Data Link Layer)
- Yagonaligi: Global miqyosda noyob, ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi
- Formati: 12 ta o‘n oltilik (hexadecimal) belgi
(masalan: 00:1A:2B:3C:4D:5E)
- Qamrovi: Faqat lokal tarmoqda ishlaydi, odatda o‘zgarmaydi
- Misol: Switch’lar MAC manzil orqali lokal tarmoq ichida freymlarni uzatadi
IP Address:
- To‘liq nomi: Internet Protocol Address
- Vazifasi: Internet yoki keng tarmoqlarda (WAN) qurilmalarni aniqlash
- Darajasi: OSI modelining 3-qavati (Network Layer)
- Yagonaligi: Tarmoq ichida noyob, lekin o‘zgarishi mumkin (masalan, dynamic IP)
- Formati:
IPv4: 32-bit, 4 ta raqamdan iborat
(masalan: 192.168.0.1)
IPv6: 128-bit, o‘n oltilik ko‘rinishda
(masalan: 2001:0db8:85a3::8a2e:0370:7334)
- Qamrovi: Ma’lumotlarni turli tarmoqlar orasida global miqyosda yo‘naltirish uchun ishlatiladi
- Misol: Router’lar paketlarni IP manzil orqali tarmoqlar orasida uzatadi
❤️Xulosa: MAC address — qurilmaning doimiy guvohnomasi, IP address esa uning tarmoqdagi vaqtinchalik manzilidir.
💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
