Phishing nima?
🪝Phishing — bu kiberhujum turi bo‘lib, unda hujumchilar foydalanuvchilarni aldab, maxfiy ma’lumotlarini (parollar, bank karta raqamlari yoki shaxsiy ma’lumotlar) qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Ular ko‘pincha o‘zlarini ishonchli manba sifatida ko‘rsatadi va quyidagi yo‘llardan foydalanadi:
📧Email xabarlar
🌐Soxta veb-saytlar
📱SMS yoki messenjer xabarlari
↔️Phishing’ning keng tarqalgan belgilari:
- Shoshilinch ogohlantirishlar (masalan: “Hisobingiz bloklanadi!”)
- Shubhali havolalar yoki fayl biriktirmalari
- Imlo xatolari va sifatsiz yozilgan matnlar
↘️O‘zingizni himoyalang:
Havolalarni tekshiring, noma’lum fayllarni ochmang va manbani tasdiqlamasdan turib hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang
💬@nodexcc — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
