TGViewer
Najmiddin Turon Najmiddin Turon @najmiddinturon · 4.69K subscribers
Post #1652 1.78K

Forwarded from Bilga tur

🛺 "Bilga"ning Najmiddin Ermatov bilan she`riy sayohati yodingizda-mi? Eng baland tog‘lar bag‘rida, gulhan atrofida, qishloqning mo‘jaz uylarida yana bir shoir bilan she`riy kecha va sayohat qilgan bo‘larmidingiz?

Tez orada yangi adabiy turimizni e`lon qilamiz.

✍️ Hozircha esa avvalgi sayohatimizdan nazmiy tuhfa.

*

Barmoqlar qalamni quchar qaltirab,
Ko‘ngil tug‘a boshlar, yig‘laydi tuyg‘u.
Aqlim faryod qilar: "To‘xta, ey telba,
Sening xatlaringni o‘qimaydi u".

Xonaga nur kirar oynadan sinib:
"Aqlingga quloq tut, aytgani rost-ku.
O‘qigan bo‘lsa gar, javob yozardi,
Sening xatlaringni o‘qimagan u".

Oynaga urilar oqshom shamoli,
Bilgan sirlarini olamga sochib,
"men aniq bilaman, to‘xta, ey ko‘ngil,
U sening xatlaring ko‘rmaydi ochib".

Dilga g‘ashlik cho‘kar, zaminga oqshom,
Kecha so‘zlay boshlar dilga otib o‘q:
"Xatlaring o‘qimoq u yoqda tursin,
Hattoki, u seni o‘ylagani yo‘q".

Oppoq qog‘ozlarning bag‘ri dog‘ yana,
Oppoq qog‘ozlarda faryodlar lim-lim.
Eng so‘nggi umidim to‘kilmay turib,
"Ularning so‘zlari yolg‘on", de, gulim.

Ko‘ngil bu kechada o‘zidan kechar,
Bu so‘nggi xotima, bo‘lmas boshqa payt.
Men senga sevishim aytaman endi,
Sen menga xatingiz o‘qiyman, deb ayt.

Najmiddin Ermatov


🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 👍 33
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 🥰 1
More from @najmiddinturon
  1. Sep 24, 2026Saljuqiylar hukmdori Alp Arslondan so‘rashibdi: "Shunday qudratli imperiya nega parchaland…
  2. Sep 24, 2026#jurnal #fiqra “Bobolar izidan...” uch-to‘rt ming chaqirim yo‘l bosib, goh piyoda, goh ulo…
  3. Sep 23, 2026Талабалик дамлари ётоқхонада китобларининг муқовасини йиртиб ташлаб, кунжакларга яшириб ўқ…
  4. Sep 21, 2026Xayrli kun, azizlar! @sitorabonu_audiolar
  5. Sep 18, 2026Бугун шеърларида томчининг таровати ва матонати уфурган шоира Гулноз Мўминованинг тувилди…
  6. Sep 16, 2026Тушларда қушларга қўшилиб учдим, Гоҳо булутларга тўш уриб учдим, Ўнггим оғир келди, пойинг…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →