TGViewer
Channel Public Channel
Bilga tur

Bilga tur

@bilga_tur

Bilga tur – aql bilan sayohat!

Murojaat uchun: @bilga_admin
Subscribers
182
Photos
25
Videos
28
Links
28
Recent Posts 12 shown
Post #63 94
🎓 BILGA TURDAN TALABALAR UCHUN MAXSUS TA’RIF! ⛰️💚

Darslardan biroz chalg‘ib, do‘stlar bilan yangi joylarni kashf qilish, tabiat qo‘ynida dam olish va unutilmas xotiralar yig‘ishga tayyormisiz? 🌿🏕️

BILGA_TUR siz uchun eng chiroyli va hamyonbop yo‘nalishlarni har hafta dam olish kunlari taklif qiladi! 😍

📍 Kichik Chimyon ⛰️
📍 Lashkerek 🌲
📍 Ko‘k Suv 💧
📍 Palvanak 🏕️
📍 So‘qoq 🌲
📍 Zomin 🏔️
✨ Va boshqa ko‘plab ajoyib manzillar!

🌿 Tabiat qo‘ynidagi hordiq
🤝 Samimiy va quvnoq davra
📸 Chiroyli manzaralar
☕️ Piknik va issiq qahva
🚌 Qulay sayohat muhiti
✨ Yangi taassurotlar

🎒 Do‘stlaringizni yig‘ing — biz esa sizni eng chiroyli manzillarga olib boramiz! ❤️

👥 Guruh kamida 10 nafar do‘stingizdan iborat bo‘lishi lozim.

🎁 Do‘stlarini sayohatga chorlab, guruhni birlashtirgan 1 nafar liderga sayohat BEPUL! 🔥

📩 Batafsil ma’lumot va joy band qilish:
📲 @bilga_admin
📞 +998 50 024 26 47

🎓 Talabalik davrini faqat auditoriyada emas, go‘zal manzillarda ham o‘tkazing! ⛰️🌿

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
Post #62 120
"Bilga" o‘zining yana bir she’riy sayohatini o‘tkazdi.

Davramizga yangi do‘stlar qo‘shildi, hayotimizning 2 kuni go‘zal xotiralarga to‘ldi. Gulxan atrofida shoir Bek Alidan she’r eshitdik, muxlislar savollariga javob oldi.

Qumg‘onda choy qaynadi, davra esa yanada qizidi. Zominning patirlari, g‘ilmindi-yu qurtoba ta’mini ilk bor tatiganlar bo‘ldi. Zomindagi Qirqqiz darasi, qo‘riqlanadigan betakror tabiatidan lol qoldik. Topganimiz do‘stlar, maslakdoshlar, samimiy insonlar bo‘ldi!

Siz ham shunday davra bilan sayohat qilishni istarmidingiz? Unda bizni kuzatib boring, betakror kuzni ruhan his qiladigan sayohatlarimiz hali oldinda!

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • ❤ 5
  • ❤‍🔥 5
  • 👍 3
Post #53 106
🏔 Do‘stlar, Zomindagi 2 kunlik sayohatimiz davomida yangi taassurotlar, yangi do‘stlar orttirdik. Daturimiz she’riy kecha, yangi manzillarga sayohat bilan yanada mazmunli o‘tdi.


🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 👏 4
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 😭 1
Post #52 161
Bilga tur 🏔 ZOMINGA SHE`RIY SAYOHATIMIZGA ATIGI 2 KUN QOLDI! Tabiat, tog‘lar, shoir Bek Ali bilan she`riyat kechasi va yangi manzillar sizni kutmoqda! 🌿✨ 📅 Xabar berganimizdek, faqat 17-sentabrgacha (o‘sha kuni ham) to‘lovlar qabul qilinadi. 📲 Davramizga qo‘shilishga…
Ertangi sayohatimizga 2 ta joy bor, xohlovchilar bor-mi?


🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 🔥 2
  • 😢 1
  • 🙏 1
  • 💔 1
Post #50 488
🏔 ZOMINGA SHE`RIY SAYOHATIMIZGA ATIGI 2 KUN QOLDI!

Tabiat, tog‘lar, shoir Bek Ali bilan she`riyat kechasi va yangi manzillar sizni kutmoqda! 🌿✨

📅 Xabar berganimizdek, faqat 17-sentabrgacha (o‘sha kuni ham) to‘lovlar qabul qilinadi.
📲 Davramizga qo‘shilishga shoshiling!
🔥 Joylar soni juda oz qolgan!

📞 Aloqa uchun: +998 50 024 26 47
📲 Telegram: @bilga_admin

Birga gulxan atrofida she`r eshitmoqchi, yulduzlarni tomosha qilmoqchi bo‘lgan insoningizga yuboring va birgalikda Zominga yo‘l oling! 🏔❤️



🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 🔥 4
  • 🥰 3
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 😢 1
  • 🤩 1
Post #49 3.68K
“Bilga tur” jamoasidan talabalar uchun ajoyib yangilik!

📚📚Ma’ruza, imtihonlardan dam olish kunlari ozroq chalg‘imoqchisiz-u, boray desangiz shahardagi manzillar ham bir xilmi?

🎓👨‍🎓Bizda endi “Talabalar” ta’rifi mavjud.

📸Siz endi kursdoshlaringiz bilan birgalikda arzon, chegirmali narxlarda tabiatdagi betakror manzillarga sayohat qilishingiz mumkin!

Sayohatlar har hafta shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi!

🎁Joy, transport, maroqli dam olish dasturi, gulxan atrofida qiziqarli o‘yinlar, kino, kuzgi atmosferada issiq qahva, musiqa — hammasini sizlar uchun tashkil qilib beramiz!

Sizlar esa shunchaki yig‘ilib, kursdoshlar bilan bizga murojaat qilsangiz bo‘ldi! Guruh kamida 10 nafar do‘stlaringizdan iborat bo‘lishi lozim!

Xo‘sh, talabalikning oltin davri uchun unutilmas xotiralar yozishga tayyormisizlar! Unda ketdik!

Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin

⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #48 699
Bilga tur Bilga jamoasi yana bir she`riy sayohatga yo‘l olmoqda! Bu safar baland Zomin tog‘lari, kengliklari, sokin tabiati bag‘rida kuzni qarshi olamiz. Bizga shoir Bek Ali hamrohlik qiladi. 2 kunlik sayohat 19-20-sentabrga rejalashtirilmoqda. Dasturdan quyidagilar…
19-20 - sentabr kungi Zomin sayohati bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:

🌟 O‘tgan safargi turlardek bu safar ham chegirmalar beriladi-mi?

– Yo‘q, bu safar chegirmalar berishni rejalashtirmayapmiz.Chunki deyarli o‘rinlar to‘lgan. Agar sayohatni rejalashtirgan bo‘lsangiz, tezroq ro‘yxatdan o‘tishingizni tavsiya qilardik. Chunki o‘rinlar to‘lgach, qo‘shimcha ishtirokchi ololmaymiz.

❓ Viloyatlardan keladiganlar uchun qo‘shimcha transport xizmati yaratiladimi?

– Afsuski, yo‘q. Agar siz Toshkent-Zomin yo‘nalishi doirasida harakatlanish yo‘limizga chiqib turolsangiz, guruhga qo‘shilib olishingiz mumkin.

🟣 Transport borish-kelishgami yoki qaytishda yo‘l transportlarida kelinadimi?

– Transport xizmati to‘liq 2 kunga mo‘ljallangan. Manzilga olib borish, Zomin tog‘lari bo‘ylab sayohat va Toshkentga qaytib olib kelishni o‘z ichiga oladi.

😢To‘lovni qay tartibda amalga oshirish mumkin?

– Sizga qulay bo‘lgan tartibda amalga oshirishingiz mumkin: pul o‘tkazish yoki naqd usulda.

🤔 To‘lov qachongacha qabul qilinadi va necha foizi oldindan berilishi kerak?

– To‘lovlar 17-sentabrgacha qabul qilinadi. Oldindan umumiy to‘lovning 30 yoki 50 foizini to‘lab, o‘rningizni band qilishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin

⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
Telegram Bilga tur Bilga tur – aql bilan sayohat! Murojaat uchun: @bilga_admin
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 🎉 2
  • 🙏 1
  • 🤝 1
Post #47 890
Bilga tur Bilga jamoasi yana bir she`riy sayohatga yo‘l olmoqda! Bu safar baland Zomin tog‘lari, kengliklari, sokin tabiati bag‘rida kuzni qarshi olamiz. Bizga shoir Bek Ali hamrohlik qiladi. 2 kunlik sayohat 19-20-sentabrga rejalashtirilmoqda. Dasturdan quyidagilar…
19-20-sentabrda Zomin tog‘lariga she`riy sayohat davomida shu paytgacha Zominga borganlar ham ko‘rmagan sirli tarixiy joyni ko‘rish imkoni bo‘ladi. U joy haqida eshitganmisiz?

Hozircha, sayohat davomida bizga hamrohlik qiluvchi shoir Bek Alidan she`r eshitamiz. Siz esa o‘z joylaringizni band qilishga shoshiling!

Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin

******
Yo‘qotganim nedir?
Topganim nedir?
Osmon deb boshimga yopganim nedir?
Hamma quyosh bo‘lib charaqlaganda,
Men esa uzlatga botganim nedir?
Soviganim nedir?
Yonganim nedir?
Dushmanni tashvishga solganim nedir?
Xayyomga taqliddan boshlangan qusr,
Men esa baloga qolganim nedir?
Seni ko‘p sevardim, parvoyi falak,
Endi men halakman, muhabbat halak.
Boshkiyimni olib o‘ylab qarasak,
Endi seni yodga olganim nedir?..
Tongda joynamozga boshimni qo‘yib,
Tunda iymonimni sotganim nedir?
Yengillashish uchun sharob simirib,
Og‘ir xayollarga botganim nedir?
Onajon, men sizni tashlab ketganman,
Otajon, men sizdan o‘girganman yuz…
Sizlarni o‘ldirsa mehnat o‘ldirar,
Meni esa go‘rga tiqadi afsus!
Bo‘shang bola edim, katta shaharda
Turtila-turtila qotganim nedir?
Chol-kampir munkillab tinib-tinchimas,
Men oyoq uzatib yotganim nedir?
Xudojon, men senga ko‘nglimni berdim,
Qismating bol deysan, totganim nedir?
Dunyoni Kuzatmish yagona derdim,
Dunyoni kuzatib yotganim nedir?!

Bek ALI

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #46 197

Forwarded from Feruza Xayrullayeva

Bilga tur Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan: 📝 Shoir Bek Ali bilan ochiq osmon, tog‘lar va gulxan atrofida she'riy kecha; ☀️ Zomin tog‘lari bo‘ylab qiziqarli sayohat; 🍴 Zomin taomlaridan g‘ilmindi, qurtoba, qozon patirlarni ta`tib ko‘rish; 🏠 Tog‘ orasidagi qishloq uylarida tunash 🔥 Yovvoyi tabiat bag‘riga sayohat; 📽 Tog‘ bag‘rida yulduzlar ostida kino tomosha qilish; ☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar; 🌓Quyosh chiqishini kuzatish; 📸Kechadan foto va video lavhalar 🗓 Sana: 19-20 sentabr ⏳Vaqt: 5.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish 📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan 💰 Ishtirok narxi: 650 ming so‘m
Yilning eng yaxshi shaxsiy tashabbuslaridan biri — Bilga turda yangi she'riy sayohatni uyushtirilyapti! Bu safar singlisidan xavotir olib yashaydigan Bek Ali aka bilan Zomin tog‘larini zabt qilamiz! Yana bir dunyo sarguzasht bilan! Rostini aytsam, o‘lgudek (hasadim) havasim kelyapti shu tashabbusga🔥 Mengayam bitta homiy kerak, miyamda aylanib yurgan milliy tashabbuslarim qilinmay qolib ketyapti chang bosib🥲

Xullas, milliy brendni, millatsevar tadbirkorlikni qo‘llagani, she'rlashgani, ko‘ngilni to‘ldirgani sayohatga boring. Zora, Zominda ko‘rishib qolsak)

@FeruzaXayrullayeva
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #45 4.35K
Bilga jamoasi yana bir she`riy sayohatga yo‘l olmoqda! Bu safar baland Zomin tog‘lari, kengliklari, sokin tabiati bag‘rida kuzni qarshi olamiz. Bizga shoir Bek Ali hamrohlik qiladi.

2 kunlik sayohat 19-20-sentabrga rejalashtirilmoqda.

Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:

📝 Shoir Bek Ali bilan ochiq osmon, tog‘lar va gulxan atrofida she'riy kecha;
☀️ Zomin tog‘lari bo‘ylab qiziqarli sayohat;
🍴 Zomin taomlaridan g‘ilmindi, qurtoba, qozon patirlarni ta`tib ko‘rish;
🏠 Tog‘ orasidagi qishloq uylarida tunash
🔥 Yovvoyi tabiat bag‘riga sayohat;
📽 Tog‘ bag‘rida yulduzlar ostida kino tomosha qilish;
☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar;
🌓Quyosh chiqishini kuzatish;
📸Kechadan foto va video lavhalar

🗓 Sana: 19-20 sentabr
⏳Vaqt: 5.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish
📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan
💰 Ishtirok narxi: 650 ming so‘m

Narx ichiga kiradi:

1. Transport xarajatlari (borib-kelish);
2. Zomin qo‘riqxonasiga kirish;
3. Tog‘ bag‘ridagi uy mehmonxonada tunash;
4. 1-kun tushlik (osh, salat, non va choy)
5. 1-kun kechki ovqat (g‘ilmindi 2 donadan, qurtoba, non, salat, choy)
6. 2-kun nonushtasi (Zomin qozon patirlari, tog‘ asali va qaymog‘i)
7. Issiq qahva, cho‘g‘da toblangan kartoshkalar

Narx ichiga kirmaydi:
Dor yo‘li, osma ko‘prik va boshqalardagi to‘lovlar.

O‘zingiz bilan quyidagilarni olish tavsiya qilinadi:
1. Issiq kiyim
2. Xohishga ko‘ra yengil yeguliklar
3. Va, albatta, esda qolarli sayohatdan esdaliklarni saqlash uchun xotirangiz va telefoningizdan bo‘sh joy)

Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin

⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
Post #44 2.2K
🛺 "Bilga"ning Najmiddin Ermatov bilan she`riy sayohati yodingizda-mi? Eng baland tog‘lar bag‘rida, gulhan atrofida, qishloqning mo‘jaz uylarida yana bir shoir bilan she`riy kecha va sayohat qilgan bo‘larmidingiz?

Tez orada yangi adabiy turimizni e`lon qilamiz.

✍️ Hozircha esa avvalgi sayohatimizdan nazmiy tuhfa.

*

Barmoqlar qalamni quchar qaltirab,
Ko‘ngil tug‘a boshlar, yig‘laydi tuyg‘u.
Aqlim faryod qilar: "To‘xta, ey telba,
Sening xatlaringni o‘qimaydi u".

Xonaga nur kirar oynadan sinib:
"Aqlingga quloq tut, aytgani rost-ku.
O‘qigan bo‘lsa gar, javob yozardi,
Sening xatlaringni o‘qimagan u".

Oynaga urilar oqshom shamoli,
Bilgan sirlarini olamga sochib,
"men aniq bilaman, to‘xta, ey ko‘ngil,
U sening xatlaring ko‘rmaydi ochib".

Dilga g‘ashlik cho‘kar, zaminga oqshom,
Kecha so‘zlay boshlar dilga otib o‘q:
"Xatlaring o‘qimoq u yoqda tursin,
Hattoki, u seni o‘ylagani yo‘q".

Oppoq qog‘ozlarning bag‘ri dog‘ yana,
Oppoq qog‘ozlarda faryodlar lim-lim.
Eng so‘nggi umidim to‘kilmay turib,
"Ularning so‘zlari yolg‘on", de, gulim.

Ko‘ngil bu kechada o‘zidan kechar,
Bu so‘nggi xotima, bo‘lmas boshqa payt.
Men senga sevishim aytaman endi,
Sen menga xatingiz o‘qiyman, deb ayt.

Najmiddin Ermatov


🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 🥰 2
  • ❤ 1
Post #43 236
“Bilga”chilarning Lashkerak o‘rmoniga sayohatidan lavhalar.

Bora olmaganlar bo‘lsa, siz uchun yana yangiliklarimiz bor! Sayohatlarga tayyormisiz?

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 🔥 4
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @bilga_tur without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Bilga tur: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Bilga tur have?
Bilga tur (@bilga_tur) has 182 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Bilga tur know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →