Tez orada yangi adabiy turimizni e`lon qilamiz.
✍️ Hozircha esa avvalgi sayohatimizdan nazmiy tuhfa.
*
Barmoqlar qalamni quchar qaltirab,
Ko‘ngil tug‘a boshlar, yig‘laydi tuyg‘u.
Aqlim faryod qilar: "To‘xta, ey telba,
Sening xatlaringni o‘qimaydi u".
Xonaga nur kirar oynadan sinib:
"Aqlingga quloq tut, aytgani rost-ku.
O‘qigan bo‘lsa gar, javob yozardi,
Sening xatlaringni o‘qimagan u".
Oynaga urilar oqshom shamoli,
Bilgan sirlarini olamga sochib,
"men aniq bilaman, to‘xta, ey ko‘ngil,
U sening xatlaring ko‘rmaydi ochib".
Dilga g‘ashlik cho‘kar, zaminga oqshom,
Kecha so‘zlay boshlar dilga otib o‘q:
"Xatlaring o‘qimoq u yoqda tursin,
Hattoki, u seni o‘ylagani yo‘q".
Oppoq qog‘ozlarning bag‘ri dog‘ yana,
Oppoq qog‘ozlarda faryodlar lim-lim.
Eng so‘nggi umidim to‘kilmay turib,
"Ularning so‘zlari yolg‘on", de, gulim.
Ko‘ngil bu kechada o‘zidan kechar,
Bu so‘nggi xotima, bo‘lmas boshqa payt.
Men senga sevishim aytaman endi,
Sen menga xatingiz o‘qiyman, deb ayt.
Najmiddin Ermatov
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt