"Bilga" o‘zining yana bir she’riy sayohatini o‘tkazdi.
Davramizga yangi do‘stlar qo‘shildi, hayotimizning 2 kuni go‘zal xotiralarga to‘ldi. Gulxan atrofida shoir Bek Alidan she’r eshitdik, muxlislar savollariga javob oldi.
Qumg‘onda choy qaynadi, davra esa yanada qizidi. Zominning patirlari, g‘ilmindi-yu qurtoba ta’mini ilk bor tatiganlar bo‘ldi. Zomindagi Qirqqiz darasi, qo‘riqlanadigan betakror tabiatidan lol qoldik. Topganimiz do‘stlar, maslakdoshlar, samimiy insonlar bo‘ldi!
Siz ham shunday davra bilan sayohat qilishni istarmidingiz? Unda bizni kuzatib boring, betakror kuzni ruhan his qiladigan sayohatlarimiz hali oldinda!
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
Post #62
139