TGViewer
Bilga tur Bilga tur @bilga_tur · 181 subscribers
Post #64 68
#Bilgalarimiz

“Bilga” jamoasi sayohat davomida tanishgan qadrli insonlari bilan sizlarni ham tanishtirib boradi.

Bu inson davramizning eng yoshi ulug‘ sayohatchisi — Zokirov Yusufjon ota. Biz bilan shoir Najmiddin Ermatovning Quyosh shaharchasidagi she’riy kechasida birga bo‘lgandi. Zakiy, ma’rifatli inson, adabiyotni sevadi, yoshlarni, ziyolilarni kuzatadi.

1957-yil Namangan shahrida tug‘ilgan. Sayohatga ham uzoq viloyatdan Toshkentga yetib kelgandi.

Yoshligida hunarmand usta binokor bo‘lgan, 10 yilga yaqin non kombinatida turli lavozimlarda ishlagan va 15 yil mahalla raisi bo‘lgan otaxon chin ma’noda bilga inson.

Hozir nafaqadalar, lekin jamiyatimizdagi har bir voqea, har bir og‘riqqa o‘z fikri, mulohazalari bor.

Biz 15 nafar nevara va 2 nafar evarali inson, katta avlod vakili bilan huddi tengdoshdek sayohat qildik, suhbatlashdik. Chunki, dillarimiz bir, fikrlarimiz yaqin, ruhlarimiz tanish edi.

Sayohatdan topgan bilgalarimiz hali ko‘p. Tanishsangiz, siz ham ular suhbatiga oshiqasiz!


🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • 🔥 4
  • ❤ 1
More from @bilga_tur
  1. Sep 23, 2026🎓 BILGA TURDAN TALABALAR UCHUN MAXSUS TA’RIF! ⛰️💚 Darslardan biroz chalg‘ib, do‘stlar bi…
  2. Sep 21, 2026"Bilga" o‘zining yana bir she’riy sayohatini o‘tkazdi. Davramizga yangi do‘stlar qo‘shildi…
  3. Sep 20, 2026🏔 Do‘stlar, Zomindagi 2 kunlik sayohatimiz davomida yangi taassurotlar, yangi do‘stlar or…
  4. Sep 18, 2026Ertangi sayohatimizga 2 ta joy bor, xohlovchilar bor-mi? 🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan s…
  5. Sep 16, 2026🏔 ZOMINGA SHE`RIY SAYOHATIMIZGA ATIGI 2 KUN QOLDI! Tabiat, tog‘lar, shoir Bek Ali bilan s…
  6. Sep 14, 2026“Bilga tur” jamoasidan talabalar uchun ajoyib yangilik! 📚📚Ma’ruza, imtihonlardan dam oli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →