19-20-sentabrda Zomin tog‘lariga she`riy sayohat davomida shu paytgacha Zominga borganlar ham ko‘rmagan sirli tarixiy joyni ko‘rish imkoni bo‘ladi. U joy haqida eshitganmisiz?
Hozircha, sayohat davomida bizga hamrohlik qiluvchi shoir Bek Alidan she`r eshitamiz. Siz esa o‘z joylaringizni band qilishga shoshiling!
Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin
******
Yo‘qotganim nedir?
Topganim nedir?
Osmon deb boshimga yopganim nedir?
Hamma quyosh bo‘lib charaqlaganda,
Men esa uzlatga botganim nedir?
Soviganim nedir?
Yonganim nedir?
Dushmanni tashvishga solganim nedir?
Xayyomga taqliddan boshlangan qusr,
Men esa baloga qolganim nedir?
Seni ko‘p sevardim, parvoyi falak,
Endi men halakman, muhabbat halak.
Boshkiyimni olib o‘ylab qarasak,
Endi seni yodga olganim nedir?..
Tongda joynamozga boshimni qo‘yib,
Tunda iymonimni sotganim nedir?
Yengillashish uchun sharob simirib,
Og‘ir xayollarga botganim nedir?
Onajon, men sizni tashlab ketganman,
Otajon, men sizdan o‘girganman yuz…
Sizlarni o‘ldirsa mehnat o‘ldirar,
Meni esa go‘rga tiqadi afsus!
Bo‘shang bola edim, katta shaharda
Turtila-turtila qotganim nedir?
Chol-kampir munkillab tinib-tinchimas,
Men oyoq uzatib yotganim nedir?
Xudojon, men senga ko‘nglimni berdim,
Qismating bol deysan, totganim nedir?
Dunyoni Kuzatmish yagona derdim,
Dunyoni kuzatib yotganim nedir?!
Bek ALI
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
Post #47
898